Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:31

EXHT politsiyachilari Osh kirmaydi


Germaniya parlamenti deputati Viola fon Kramonga ko‘ra, qirg‘iz prezidenti Roza O‘tunbayeva YeXHT politsiyachilari janubga kirsa millatchilar huruj qilishidan hayiqmoqda.
Germaniya parlamenti deputati Viola fon Kramonga ko‘ra, qirg‘iz prezidenti Roza O‘tunbayeva YeXHT politsiyachilari janubga kirsa millatchilar huruj qilishidan hayiqmoqda.
YeXHT politsiya kuchlarining Qirg‘iziston janubiga kirishi savol ostida qolmoqda. Bundestag deputati Viola fon Kramon Ozodlik bilan suhbatda YeXHT politsiya kuchlari Qirg‘iziston janubiga umuman kiritilmasligi mumkin deya bayon qildi.

Germaniya parlamenti deputati Viola fon Kramon (Viola von Cramon) Ozodlik bilan suhbatda o‘tgan hafta Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayeva bilan uchrashganidan so‘ng shunday xulosaga kelganini aytadi.

- Men juma kuni O‘tunbayeva bilan Bishkekda uchrashganimda u aniq tiniq qilib "EXHT politsiya kuchlari janubga kirmaydi", degan gapni aytdi. Juma kuni kechki suhbatimiz mobaynida O‘tunbayeva hali memorandumga imzo chekmagani va bu yuzadan mas‘uliyatni o‘z zimmasiga ololmasligini bildirdi. O‘tunbayeva xonim o‘z fikrini mamlakat janubida politsiya kuchlarininng xavfsizligini ta‘minlay olmasligi bilan izohladi.

Ozodlik: Mamlakat janubida Bakiyevning odami deya ko‘rilgan O‘sh meri, ulьtramillatchi Melis Mirzaqmatov mavqeining mustahkamlangani YeXHT politsiyasi kirishiga tarafdor bo‘lgan O‘tunbayevani o‘z qaroridan qaytishga majbur qildimi?

Viola fon Kramon: Afsuski, shunday manzara kelib chiqmoqda. Janubda millatchi kuchlarning alohida mustaqil qudrat manbaiga aylanayotganiga oid tahlikali holat yuzaga kelgan. Bu markaziy hokimiyat uchun jiddiy muammodir. Bu juda dahshatli bir holat. Agar Qirg‘iziston demokratiyaga intilsa, etnik ozchiliklardan biri bo‘lgan o‘zbeklarning ham bu jarayonlarda ishtirokini ta‘minlash uchun barcha choralarni ko‘rishi va ularning huquqlari himoya etilishi lozim, biroq bunday bo‘lmayapti.

Politsiya kuchlarining Qirg‘iziston janubidagi xavfsizligi masalasi ham O‘tunbayeva nazarida YeXHT kuchlarini joylashtirish borasidagi memorandumni imzolamaslik uchun muhim omil, deb ko‘rilgan.

YeXHTning Bishkekdagi idorasi matbuot vakili Ozodlik bilan suhbatda Bundestag deputati fon Kramon xonim bildirgan fikrlar bildan tanishganligini aytish barobarida o‘z tashkilotining ko‘z qarashini baën qildi.

- YeXHT uchinchi tomon suhbatini izohlay olmaydi. Diplomatik kanallar orqali YeXHTga bunday ma‘lumot (politsiya kuchlari janubga kirmaydi degan ma‘lumot nazarda tutilmoqda) yetib kelmadi. Ayni paytda Bishkekda janob Markus Myuller Qirg‘iziston hukumati bilan YeXHT politsiya kuchlarini joylashtirish borasidagi memorandumni imzolash yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Ozodlik: Bilishimizcha, O‘tunbayeva xonim memorandumni o‘tgan payshanbada imzolashi kerak edi. O‘tunbayeva xonim nemis deputati bilan suhbatda bu memorandum ostiga imzo qo‘yish mas‘uliyatini o‘z zimmasiga ola olmasligini aytgan. Buni qanday izohlaysiz?

- Payshanba kuniga kelsak. Payshanba kuni memorandumning imzolanishi... (biroz jim qolib) Bilishimcha, memorandum falon kuni imzolansin degan kelishuv yo‘q edi, chunki muzokaralar davom etmoqda.

Ozodlik: YeXHT politsiya kuchlari Qirg‘iziston janubiga kiradimi ë yo‘qmi? Shu haqda aniq ayta olasizmi?

- Bilasizmi, ayni paytda maslahatlashuv va tayërgarlik ishlari ketmoqda. Bu loyihaning ikki taraflama ekani Qirg‘iziston hukumati fikrini ham bilishimizni taqozo qiladi. Men hozir shuni ayta olamanki, memorandum bo‘yicha maslahatlashuvlar ketmoqda.

Ozodlik: YeXHT aynan kim bilan maslahatlashmoqda, O‘tunbayeva hukumati bilanmi ëki janubda mavqei kuchaygan O‘sh meri Mirzaqmatov bilanmi?

- Men bu savolga ochiq va aniq javob bermayman. Shuni ayta olamanki, biz mamlakat rahbariyati bilan muzokoralar olib bormoqdamiz,- deya ta‘kidladi YeXHTning Bishkekdagi idorasi matbuot vakili.

Hozirda Bishkeka safar qilayotgan shveytsariyalik diplomat Markus Myuller Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Qirg‘izistonga kiritilishi rejalangan 52 nafar politsiya maslahatchilari guruhiga rahbar etib tayinlangan.

Myuller 2003 – 2008 yillarda YeXHTning Bishkekdagi missiyasi boshlig‘i bo‘lgan.

Tashkilot e‘lon qilgan bayonotda "O‘sh va Jalolobod viloyatlaridagi oltita militsiya idorasiga taqsimlanadigan qurolsiz xalqaro politsiya zobitlari va mahalliy jamoatchilik vakillaridan iborat guruhning vazifasi vaziyatni kuzatish va qirg‘iz militsiyasiga maslahat berishdan iborat bo‘lishi" aytilgan.

Qirg‘izistonda YeXHT politsiya maslahatchilarining kiritilishiga qarshi norozilik aktsiyalari uyushtirilib kelmoqda.

Ayni paytda, mamlakatdagi etnik ozchiliklar, xususan, o‘zbeklar YeXHT politsiyachilarining iloji boricha tezroq Qirg‘iziston janubiga kiritilishini istamoqda.
XS
SM
MD
LG