Линклар

logo-print
Jahon bo‘ylab ishchilar va ular manfaatini himoya qiluvchi mustaqil kasaba uyushmalari haq-huquqlariga nisbatan tahdidlar oshib bormoqda. Freedom House tashkilotining “Ishchilar haqlarining global ahvoli: Yovqarash dunyodagi erkin mehnat” deb nomlangan ilk hisobotining muxtasar xulosasi ana shunday.

Dunëning aksar mamlakatlaridagi ishchilar sinfi va ular haqlarini himoya qiluvchi mustaqil kasaba uyushmalari faoliyati ularni to‘liq nazoratda ushlashga intilaëtgan avtoritar rejimlarning qattiq iskanjasida qolmoqda¸ deyiladi markazi Vashingtonda joylashgan Freedom House – Ozodlik uyi tashkiloti hisobotida.

“Ishchilar haqlarining global ahvoli: Yovqarash dunëdagi erkin mehnat” deb nomlangan ilk hisobot muharriri¸ Freedom House tadqiqotlari direktori Arch Paddington ishchilar haqlari va kasaba uyushmalari vaziyati jamiyatdagi demokratiya ahvolining jiddiy ko‘rsatkichi ekanini ta‘kidlaydi.

- Kasaba uyushmalariga fuqaroviy jamiyatning o‘ta muhim qismi sifatida qaraymiz va shu bois ishchilar haqlari manzarasiga alohida e‘tibor berish fursati yetdi¸ degan to‘xtamga keldik. Buning ustiga¸ global maydondagi moliyaviy bo‘hron ham aynan ishchilar haqlarini alohida o‘rganish ehtiëjini tug‘dirdi¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda hisobot muharriri.

2009 yil davomida dunëning 165 davlatidagi ishchilar haqlari va mustaqil kasaba uyushmalari faoliyatini yaqindan kuzatgan tadqiqotchilar¸ bu davlatlarning 41 tasidagi mehnat muhitini “erkin” deb topgan. Ayni paytda¸ yana 40 davlat¸ ya‘ni tadqiq etilgan davlatlarning choragidagi muhit “repressiv”¸ 14 davlatdagi vaziyat esa¸ “o‘ta repressiv” deb baholangan.


O‘zbekiston: Ishchilar haqsizligi umum haqsizlikning bir qismidir


O‘zbekiston¸ Freedom House tashkilotining inson haqlari va matbuot erkinligi borasida yillardan beri hozirlab kelinaëtgan hisobotlarida har yili dunëdagi "ëmonlarning ëmoni" deya baholanib kelinmoqda.

Ishchilar haqlari va mustaqil kasaba uyushmalari vaziyatiga doir ilk hisobot¸ O‘zbekistonni dunëdagi yana bir qora ro‘yxatga qo‘shdi¸ deydi bu tadqiqot muharriri Arch Paddington.

- O‘zbekistonda demokratiyaning biror alomatini qidirsak¸ bu mamlakatda uning yo‘qligiga guvoh bo‘lamiz¸ xolos. Yangi hisobot¸ O‘zbekistonda fundamental inson haqlarining prezident Karimov tomonidan qanchalar toptalaëtganining yana bir dalilidir. Biz tadqiq qilgan 165 davlatdan faqat 14 davlatgina ishchilar va kasaba uyushmalari haqlari mutlaq toptalaëtgan "o‘ta repressiv" davlat deya baholandi va shulardan biri O‘zbekistondir. Bu esa¸ O‘zbekistonning shunchaki avtoritar emas¸ balki dunëdagi mutlaq repressiv rejimlardan biri ekanining yana bir tasdig‘idir¸ deydi hisobot muharriri Arch Paddington.

O‘zbekiston¸ Freedom House kuzatuvchilarining qayd etishicha¸ sobiq SSSRdan qolgan mehnat muhiti va kasaba uyushmalari tizimini mutlaq meros qilib olgan postsovet davlatlaridan biridir – bu mamlakatda mehnat tashkilotlari va kasaba uyushmalari faoliyati totalitar tuzumning mutlaq nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekiston demokratik tashabbuslar markazi rahbari Iskandar Xudoyberganov¸ O‘zbekistonda ishchilar haqlarini himoya qilish madaniyatining mutlaq yo‘qligini mamlakatdagi demokratiyaning umum vaziyati bilan izohlaydi.

- Buning yo‘qligi sababi¸ avvalo demokratiya degan narsaning o‘zi O‘zbekistonda yo‘q. Profsoyuz - kasaba uyushmalari degan narsa bu ishchilarning huquqlarini himoya qiladigan mustaqil tashkilot. Ishchilar¸ ish beruvchi¸ ko‘p hollarda davlatdan norozi bo‘lgan¸ ularning haqlari ezilaëtgan taqdirda bularning haqlarini himoya qilib norozilik mitinglari¸ demonstratsiyalar tashkil qiladi va shu yo‘l bilan ishchilar muammolarini hokimiyatga yetkizadi. O‘zbekistonda demokratiya bo‘lmagandan keyin¸ mustaqil profsoyuz ham yo‘q¸ deydi Iskandar Xudoyberganov.

Ayni paytda kuzatuvchi¸ O‘zbekistonda to‘liq davlat nazoratida bo‘lgan kasaba uyushmalari borligi¸ ularning asosiy vazifasi ishchilar emas¸ balki ish beruvchi manfaatlarini himoyalash va ishchi-xizmatchilardan sovet davridagi kabi turli to‘lovlar yig‘ishdan iborat ekanini qo‘shib o‘tadi.


Kapitalistik mehnat munosabatlari – demokratiyaga yo‘lmi?

Freedom House tadqiqotchilari¸ Polshadagi Solidarnost kasaba uyushmalari harakatining keyingi 30 yillik evolyutsiyasi¸ ayni paytda Xitoyda mustaqil kasaba uyushmalari faoliyatining tobora jonlanaëtgani misolida aynan ishchilarning mustaqil birlashmalariga avtoritar tuzumlar ildizini quritishi mumkin omil sifatida qarash o‘rinlimi¸ degan savolni o‘rtaga qo‘yadilar.

Aksar nohukumat tashkilotlaridan farqli¸ kasaba uyushmalari a‘zolari sonining ko‘pligi va demokratik usulda boshqarilgan taqdirda¸ ularning keyinchalik kattaroq siësiy talablar beshigiga aylanish imkoni¸ ularni demokratlashuv jaraënidagi markaziy o‘yinchiga aylantiradi¸ deyiladi Freedom House – Ozodlik uyi tashkilotining “Ishchilar haqlarining global ahvoli: Ëvqarash dunëdagi erkin mehnat” deb nomlangan ilk hisobotida jumladan.

Kasaba uyushmalarining bunday potentsiali erkin bozor qonunlari ishlaydigan¸ kapitalistik mehnat munosabatlari shakllangan jamiyatlarda ochiladi¸ O‘zbekistonda esa¸ ayrimlar aytaëtgan kabi ëvvoyi kapitalizm emas¸ ëvvoyi sotsializm hukmron¸ deydi Iskandar Xudayberganov.

- Chunki kapitalistik davlat bo‘lsa¸ bozor iqtisodi qonunlari¸ albatta demokratiyani ilgariga suradi. Bizda esa¸ bozor munosabatlari yo‘q va shuning uchun iqtisod o‘lib bormoqda. Chunki O‘zbekistonda bozor iqtisodi rivojlanishi uchun siësiy muhit yo‘q. Bizda hamma soha¸ xususan kasaba uyushmalari ham davlat sektoriga aylangan¸ deydi O‘zbekiston demokratik tashabbuslar markazi rahbari Iskandar Xudoyberganov.


Ish kuchining erkin harakati – erkin faoliyatga zamin bo‘ladimi?

G‘arb tadqiqotchilari ham¸ o‘zbekistonlik huquq faoli ham birdek - O‘zbekistonda ishchilar haqlarini himoya qiluvchi mustaqil kasaba uyushmalari yo‘qligini bu davlatdagi demokratik muhit¸ aniqrog‘i uning yo‘qligi bilan izohlashdi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra¸ bugungi kunda ishga yaroqli o‘zbekistonliklarning 5 milliondan 10 millionga yaqini muhojirlikda mehnat qilmoqda. Ularning eng katta qismi¸ ham rasmiy¸ ham norasmiy manbalarga ko‘ra¸ Rossiyada ishlamoqda. Rossiyadagi o‘zbek muhojirlarining mehnat haqlari qo‘pol tarzda buzilaëtganiga oid xabar Ozodlikka eng ko‘p bo‘ladigan kundalik shikoyatlardan biridir. Ish beruvchining zolimligi¸ 18 soatlab ishlatib¸ maosh bermay haydab yuborgani¸ hujjatlarini olib qo‘yib¸ qullikka solganiga oid hikoyalarning keti uzilmaydi.

Ammo hozircha¸ mehnat muhiti¸ siësiy va iqtisodiy vaziyat O‘zbekistondagidan farqli nisbatan erkin Rossiyada hozirga qadar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari haqlarini himoya qilish iddaosi bilan biror uyushma ëki guruh tuzilgani yo‘q. Nega?

Yillardan beri Rossiyada mehnat qilib kelaëtgan o‘zbekistonlik muhojir Dilshodbek fikricha¸ buning sababini o‘zbeklar zehniyatidan izlash lozim.

- Birlik yo‘q o‘zbeklarda¸ birlik yo‘q. Hammasi o‘zini aravasini tortadigan bo‘lib qolgan faqat. Rossiyadagi qurilishlarda ishlaëtgan o‘zbeklarni ko‘rsangiz¸ ko‘pchiligi besh-olti oy ishlab¸ “kidala” bo‘p qoldik¸ opchiqib qo‘ydi deydida¸ ketaveradi. Ularga kim ham ërdam berardi? Ketishga yo‘lkirasi bo‘lmasa¸ machitga borib ëtadi. Machitdagilar pul yig‘ib beradi¸ shu. Hozir Rossiyada nima ko‘p¸ machit ko‘p¸ Xudoga shukur. Ammo o‘zbeklarning o‘z haqlarini himoya qilish uchun birlashganlarini hech ko‘rmadim. Aksincha¸ o‘zbekning o‘zbekni olib kelib quldek ishlaëtganini ko‘p ko‘rdim¸ deydi Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Dilshodbek.

“Ishchilar haqlarining global ahvoli: Ëvqarash dunëdagi erkin mehnat” deb nomlangan ilk hisobot muharriri¸ Freedom House tadqiqotlari direktori Arch Paddington¸ nafaqat O‘zbekiston ichkarisi¸ balki muhojiratdagi o‘zbekistonliklar orasida mustaqil kasaba uyushmalariga birlashish tajribasining yo‘qligini e‘tirof eta turib¸ ayni paytda¸ siësiy madaniyat va ko‘nikmalarning bugun yo‘qligi¸ ularning ertaga ham bo‘lmasligi tasdig‘i emasligini aytadi.

"Demokratik jaraënlar¸ qayerdandir¸ qay shakldadir boshlangach¸ u domino effekti sifatida butun jamiyatga ëyila boshlaydi; bunga bundan 30 yil avval tug‘ilib¸ katta siësiy jaraënlarga yo‘l ochgan Solidarnost tarixi misoldir"¸ deydi janob Paddington.
XS
SM
MD
LG