Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:26

Obama Isroil va Falastin yetakchilarini fursatni boy bermaslikka chaqirdi



- Agar tomonlar muzokaralarga jiddiy yondashishmasa, ko‘pdan beri davom etayotgan nizo yana bir avlodga uzayishi mumkin. Bunga biz yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, - dedi Obama.

Chorshanba kungi uchrashuvlar ortidan Netanyahu hamrohligida jurnalistlar oldida hozir bo‘lgan prezident Obama Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish borasida mintaqa yetakchilari bilan samarali muloqot o‘tkazganini qayd etdi.

2008 yildan buyon ilk bor o‘tkazilayotgan Vashingtondagi Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari G‘arbiy sohilda to‘rt isroillik otib o‘ldirilganidan ikki kun o‘tib amalga oshmoqda.

Ushbu qotillik bo‘yicha tinchlik muzokaralariga qarshi chiqayotgan Falastindagi "Hamas" janggari guruhi javobgarlikni zimmasiga olgan.

- Bu bizni nafaqat Isroil xavfsizligini ta‘minlash, balki Yaqin sharqda uzoq muddatli tinchlikni qaror toptirishga qaratilgan harakatlarimizdan to‘xtatib qololmaydi, - dedi AQSh prezidenti Barak Obama.

AQSh rahbari, shuningdek, Iordaniya qiroli Abdulla hamda Misr prezidenti Husni Muborak bilan ham uchrashdi.

Bugun kechqurun prezident Barak Obama Mahmud Abbos, Benyamin Netanyahu, Hillari Klinton, Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler hamda Yaqin sharq bo‘yicha xalqaro vositachilar "kvartet"i - AQSh, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, BMT vakillari uchun uyushtirilajak tushlikka mezbonlik qiladi.

Vashingtonda Isroil va Falastin rahbarlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralari so‘nggi ikki yil badalida ilk bor o‘tkazilmoqda.

Isroil qo‘shinlari 2008 yil ohirida G‘azo mintaqasida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar o‘tkazgandan so‘ng Falastin tinchlik muzokaralaridan chiqishini e‘lon qilgan edi.

Falastindagi "Hamas" janggari guruhi bunday muzokaralar o‘tkazilishiga qarshilik qilib keladi. Ushbu harakatning harbiy qanoti bo‘lmish "Al-Qassam brigadasi" seshanba kuni Hevronda to‘rt isroillik, jumladan, bir xomilador ayolning otib o‘ldirilishiga javobgarlikni zimmasiga oldi.

- "Al-Qassam brigadasi"ning Hevrondagi ushbu qahramonlik amali bosqinchilarning jinoyatlariga bir javobdir, - deb bildirdi "Hamas" vakili Sami Abu Zuhriy.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu qatorida Falastin rahbari Mahmud Abbos ham mazkur hujumlarni qoraladi.

- Bu hujum aftidan siyosiy tinchlik jarayonlariga to‘sqinlik qilish maqsadida amalga oshirilgan va bu Falastin qarshiligining amali deb ko‘rilmasligi kerak, - dedi Abbos.
XS
SM
MD
LG