Линклар

logo-print

Netanyahu va Abbos yana uchrashishga kelishdilar


Isroil va Falastin ikki yildan beri birinchi marta bevosita muzokara o‘tkazmoqda.

Isroil va Falastin ikki yildan beri birinchi marta bevosita muzokara o‘tkazmoqda.

Vashingtonda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos payshanba kuni boshlangan bevosita tinchlik muzokaralarining davomi o‘laroq, joriy oy o‘rtasida Yaqin Sharqda uchrashishiga kelishib oldilar.

So‘nggi ikki yil ichida ilk bor o‘tkazilayotgan bevosita tinchlik muzokaralari payshanba kuni AQSh Davlat departamentining Benjamin Franklin xonasida bo‘lib o‘tdi.

AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton ham qatnashgan uch tomonlama muzokaralarda tomonlar zo‘ravonliklarning har qanday ko‘rinishini qoralab, mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash borasida birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.

AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Jorj Mitchelning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni bir yil ichida yakunlashga ahd qilganlar va tomonlar o‘rtasida kelishmoqchilikka sabab bo‘layotgan asosiy masalalarning yechimi muzokaralarning natijasi bo‘lishi kerak.

Davlat kotibi Hillari Klinton har ikki tomonni tinchlik sari muhim qadamni tashlaganliklari uchun olqishladi.

- Janob bosh vazir, janob prezident, xalqlaringiz orasidagi nizo va o‘zaro dushmanchilikka chek qo‘yish uchun qulay fursat tug‘ilyapti, ishonamanki bu orzuni haqiqatga aylantirishga qodirsiz. AQSh bu yo‘lda sizga lozim yordamni beradi,- dedi Klinton.

Qo‘shma Shtatlar yetakchiligidagi bevosita tinchlik muzokaralari ikki yillik uzulishdan so‘ng ilk bor o‘tkazilyapti. Ikki tomon bir necha oydirki vositachilar orqali muzokaralar o‘tkazib kelishayotgandi. Tomonlarning esa murosaga erishish imkoniyatlari juda kam.

Juda ko‘p muhim masalalarda jiddiy kelishmovchiliklar mavjud. Eng ziddiyatlilari esa yahudiy kelgindilari uchun noqonuniy turar-joylar qurish, G‘azo qamalining olib tashlanishi va Falastin davlati 1967 yilgi jabha chiziqlari asosida barpo etiladimi yo‘qmi degan masalalardir.

- Biz xavfsizlik va provokatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida olgan majburiyatlarimizga sodiqligimizni namayon etyapmiz va Isroilni ham yaxudiy kelgindilari uchun uy-joylar qurish va G‘azoda o‘rnatga qamalni bekor qilish, har qanday provokatsiyalarga chek qo‘yish borasidagi o‘z majburiyatlariga amal qilishga chaqiramiz,- dedi Falastin rahbari Mahmud Abbos.

O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Falastin tomoniga Isroil yaxudiylar davlati sifatida tan olinishi kerakligini eslatdi.

- Chinakam tinchlik, uzoq muddatli tinchlikka yon berishlar orqaligina erishish mumkin. Siz bizdan Falastin davlatini tan olishimizni kutyapsiz, biz esa sizdan Isroilni yaxudiylar davlati sifatida tan olishingizni xohlayapmiz,- dedi Isroil bosh vaziri Banyamin Netanyahu.
XS
SM
MD
LG