Линклар

Muqaddas Hamidova: "Xayrulla amnistiyaga tushganiga 100 foiz ishonaman!"


Xayrulla Hamidov yaqinda e‘lon qilingan amnistiyaga ko‘ra, ozod etilishiga umid bildirilmoqda.

Xayrulla Hamidov yaqinda e‘lon qilingan amnistiyaga ko‘ra, ozod etilishiga umid bildirilmoqda.

Diniy ayblovlar bilan 6 yilga qamalgan jurnalist Xayrulla Hamidovning onasi o‘g‘lining avf etilshiga yuz foiz ishonishini aytmoqda. Muqaddas Hamidovaga ko‘ra, Xayrulla O‘zbekiston prezidenti nomiga avf etishni so‘rab yozgan maktubiga “avf etilsin, ammo, yakuniy qarorni qamoqxona ma‘muriyati qabul qilsin”, mazmunidagi javob kelgan.


Muqaddas Hamidova, o‘g‘li — o‘zbekistonlik taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov ikki oy muqaddam O‘zbekiston prezidenti nomiga avf maktubini yozgani va bu maktubga yaqinda javob kelganidan so‘ng, u prezident farmonida ko‘zda tutilgan amnistiyaga ilinuvchi mahbuslar toifasiga kirganini aytar ekan, Navoiyning Qiziltepa tumanidagi qamoqxona ma‘muriyati uni ozodlikka chiqarishiga ishonchi komilligini ta‘kidladi.

- Kechirim xati ëzgan ekan. Xudo xohlasa, avf etilsin, debdi mana. Faqat u ëqdagi muassasa hal qiladi, debdi. Hech narsani bo‘yniga olmagan shu paytgacha. O‘shanda ham shunaqa ëzilgan ekanki “Keyin avf etilsin. Faqat o‘sha zonada hal qilinsin”, deyilibdi. Mana Xudo xohlasa, amnistiya chiqdi endi. Shuning uchun tushdi, deb o‘tiribmiz. 100 foiz tushdi deb o‘tiribman men, dyyedi Muqaddas Hamidova.

Muqaddas Hamidova, ayni paytda, o‘g‘oining Qiziltepadagi qamoqxonada yaxshi sharoitda saqlanayotgani, unga nisbatan qamoqxona ma‘muriyati yaxshi munosabatda bo‘layotganini ham qo‘shimcha qildi.

- Men turma desa juda yomon, deb o‘ylardim. Shunaqa sharoitlari zo‘r, yaxshi. Xayrullaga ham hech nima qilinmagan. Yaxshi uch kun qo‘yib qo‘ydi. Yonida tualet, yonida hammom. Juda ham yaxshi sharoiti. Hamma yo'q sharoitiga gap yo‘q. Ko‘rib ancha, endi hech kimni boradigan qilmasin, yaxshi baribir hurmati hamma joyda bor bolamning. Ko‘rib “shunisiga ham shukur”, deb keldim, deydi Muqaddas Hamidova.

Xayrulla Hamidov ishini kuzatib borayotgan O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov Xayrullaning prezidentdan kechirim so‘ragan maktubiga javob kelgani, albatta, ahamiyatli, deydi.

Boisi, ichkaridagi qiynoqlar yohud yaqinlarining bosimi ostida prezidentdan kechirim so‘rab, maktub yozgan ko‘pgina siyosiy mahbuslar maktubi aksar hollarda qamoqxonadan chiqarilmaydi.

Agar qamoqxonadan chiqarilsa ham, bunday mahbuslar maktubi aksar hollarda javobsiz qoldiriladi.

Ammo, unda-bunda bunday maktublarga javob kelib qolsa ham, biror mahbusning amnistiyaga tushishi bo‘yicha so‘nggi qarorni, avf etish to‘risidagi arizaga qo‘shib, qamoqxona ma‘muriyati tayyorlab beradigan bir dunyo hujjatlarni sinchiklab, oylar davomida ko‘zdan kechiradigan maxsus komissiya qabul qiladi.

- Hozir ichki ro‘yxatlar tayërlanayapti bu masalada. O‘sha paket dokumentov, deydi. Har bir qamoqxonadan amnistiyaga tushganlarning familiyasi, hujjatlari keladi. Ana o‘sha komissiya hal qiladi. Tavsiyanoma bo‘lsa, o‘sha vazirlik, sud nimalar qo‘l qo‘ysa, rozi bo‘lsa, ana o‘shanda amnistiyaga qo‘yishi mumkin, deydi Sur‘at Ikromov.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari, odatan, Xayrulla Hamidovdek siyosiy sabablar bilan qamalgan mahbuslar amnistiyaga tushirilmaydi, ammo, xalqaro jamoatchilik diqqat markazida turgani bois jurnalistning ozod etilishi mumkinligiga umid bor, deydi.

- Umid har doim bor endi. Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozir bir narsa deyish juda ham og‘ir bu masalada, deydi Sur‘at Ikromov.

Eslatamiz, 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi diniy-ma‘rifiy dasturlari bilan O‘zbekiston va mintaqada tanilgan jurnalist Xayrulla Hamidovni "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topdi va uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Avvaliga futbol sharhlovchisi, keyinchalik Navro‘z radiosi orqali efirga uzatilib, so‘ngra disklarda sotilgan “Xolislik sari” nomidagi diniy-ma‘rifiy dasturlari bilan o‘zbekistonliklar, ayniqsa, ëshlar orasida shuhrat qozongan Xayrulla Hamidov shu yil 21 yanvar kuni hibsga olingan edi.

Xayrulla Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralagan va uning zudlikda ozod etilishi talab qilgan.
XS
SM
MD
LG