Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:13

O‘zbekiston yana va‘dasi ustidan chiqmadi


Bolalar mehnatiga qarshi konfentsiyani uch yil avval qabul qilgan O‘zbekiston hukumati yana bolalarni paxta dalasiga haydadi.
Bolalar mehnatiga qarshi konfentsiyani uch yil avval qabul qilgan O‘zbekiston hukumati yana bolalarni paxta dalasiga haydadi.

7 sentyabrdan boshlab Sirdaryo maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari paxta terimiga jo‘natildi. O‘zbekistondagi aksar kollejlarning talabalari esa allaqachon paxta dalalarida ter to‘kmoqda. Rasmiy Toshkentning bolalar majburiy mehnatiga qarshi qabul xalqaro hujjatlarni esidan chiqargan ko‘rinadi.


Sirdaryoning ayrim tumanlarida 7 sentyabrdan boshlab o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari paxta terimiga jalb qilindi.

Bu haqda “Ezgulik” jamiyatining Sirdaryo bo‘limi rahbari Isroil Rizayev Ozodlikka ma‘lum qildi.

- Bugun maktablar ëpilibdi. 7-8-9 sinf o‘quvchilari mahalliy joylarda terayapti ekan. Hozir ikkita-uchta rayonga telefon qilsam¸ ba‘zi bir rayonlarda hali maktab o‘quvchilari hasharga chiqmabdi. Ertaga Hayitdan keyin 10 dan boshlab deyishayapti. Lekin bizning rayonlarda Sirdarë tumani¸ Mirzaobod tumanlarida bugundan boshlab maktablar ëpilib paxta boshlandi. Ertalab bolalar birinchi soatga borishgan edi. Maktab formada qaytib kelishdida paxtaga chiqib ketishdi. O‘zlarining ënidagi xo‘jaliklarga. Hozircha ëtoqqa olib ketgani yo‘q o‘quvchilarni. Hozircha o‘zlariga yaqin joylarga borib turibdi. Ro‘za Hayitidan keyin ommaviy tarzda ularni ëtoqlariga olib borish mo‘ljallanayapti ekan. Viloyat hokimligidagi yig‘ilishda shunday ko‘rsatma berilgan deb aytishdi, deydi Isroil Rizayev.

7 sentyabr kuni Sirdaryodagi Shirin energitika kolleji talabalari ham paxta terimiga tushdi. Bu haqda kollej xodimasi Ozodlikka bildirdi.

- Bugun kollejimiz paxtaga chiqdi. Bugun chiqib ketishdi. Dalaga ketgan hozir hamma. Paxta boshlandi, dedi kollej xodimasi.

Surxondaryodagi Sherobod tibbiyot kolleji talabalari ham 7 sentyabrdan dalaga otlanayotganini aytadi kollej xodimi.

- Bugun chiqayapmiz nasib bo‘lsa. Bugun tayërgarlikda turibmiz. Avtobuslar kelishi kerak. Ayni paytda bolalar ko‘rpa-ëstig‘ini tayërlab kelib o‘tiribdi. Hali texnika kelgani yo‘qda. Transport kelishi kerak. 28 ta avtobusni kutib o‘tiribmiz hozir. Ular hozir Denov tibbiët kolleji va boshqa rayondagi kollejlarni olib keladida Sherobodga. Hammaga paxta deb aytilgan. Joylar tayër bo‘lib turibdi. Endi borib tushamiz. Bugun hokim buva yig‘ilish qiladi deyapti, deydi kollej xodimi.

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli qishloq xo‘jalik kolleji xodimiga ko‘ra, ushbu kollej talabalari 3 sentyabrdan boshlab paxta dalalariga jo‘natib yuborilgan.

- Hammasi paxtada. Paxtaga ketgan o‘quvchilar¸ o‘qituvchilar.

Ozodlik: Qachondan boshlab chiqishdi?

- 3 sentyabrdan boshlab, dedi kollej xodimi.

Buxoro viloyatining Jondor sanoat kolleji xodimi ham kollejning 850 nafar talabasi paxta terimiga shay turishganini bildirdi.

- Bizning kollejning o‘quvchilari paxtaga chiqish uchun tayër. O‘qituvchilarimiz ham tayër. Ëtadigan joylarimizni borib ko‘rganmiz. Joyimizning hammasining sharoitlari qilingan. Komanda bo‘lsa¸ o‘sha paytda chiqamizda. Bizda hozircha aniq bir kunni aytishamyapti qachonligini.

Ozodlik: Sizlardan nechta o‘quvchi chiqadi?

- Bizdan 850 ta chiqadi.

Ozodlik: Qaysi tumanlarga borasizlar?

- Bizlar o‘zimizning Jondor tumani Guliston¸ Oqshiq qishloq fuqarolari yig‘ini¸ keyin Dalmu qishloq fuqarolar yig‘ini ikkita hududga tushamiz.

Ozodlik: Paxta qachongacha davom etishi ham ma‘lummi?

- Uzog‘i bilan 25 kun ëki bir oy, dedi kollej xodimi.

Biz qo‘ng‘iroq qilgan Namangandagi Norin qishloq ho‘jalik kolleji, Surxondaryodagi agrosanoat kasb-hunar kolleji, Jizzax yengil sanoat kolleji, Farg‘onadagi Beshariq qishloq ho‘jalik kolleji, Qoraqalpog‘istondagi Beruniy qurilish kollejlarining barchasida paxta mavsumiga tayyorgarlik avjida. Ular ham paxtaga chiqish haqidagi buyruqni kutib, shay turganliklarini aytishdi.

2008 yilda AQSh va Yevropadagi yirik shirkatlar O‘zbekistonda bolalar mehnati evaziga yetishtirilgan paxtaga boykot e‘lon qilgach O‘zbekiston hukumati BMTning bolalar majburiy mehnatiga qarshi konventsiyasini qabul qilgan edi.

Ammo bu hujjat 2009 yilda ham o‘zbek bolalarining paxta dalalarida majburiy mehnatga jalb qilinishiga to‘siq bo‘la olmadi.

Yuqoridagi suhbatlardan ma‘lum bo‘lishicha, bu yil ham ayni holat takrorlanadi.

O‘zbek bolalarining huquqlari uchun kurashib kelayotgan Berlindagi O‘zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova O‘zbekiston hukumatini xalqaro hamjamiyatni aldab kelayotganlikda ayblaydi.

- Faqat xalqaro tashkilotlarning tanqidi bilan O‘zbekistonda majburiy mehnatni yo‘q qila olmaymiz. Majburiy mehnatga oid O‘zbekiston hukumati har doimgi strategiyasini qo‘llab keladi. Ya‘ni xalqaro maydonda inson huquqlari buzilishini umuman inkor qilib tan olmaslik¸ O‘zbekiston ichiga xalqaro tashkilotlarni kiritmaslik va tanqid qilaëtgan mahalliy aktivistlarni ëlg‘onchilarga chiqarishadi. Shu kunlarda Berlindagi Ozod universitetida bolalar mehnatiga oid ko‘rgazma ketayapti. Uning ochilishiga O‘zbekiston elchixonasidan ikkita xodim kelib¸ universitet ma‘muriyatiga O‘zbekistonda hech qanaqa majburiy mehnat yo‘q deb qog‘ozda ëzilgan qonunlarni olib kelishdi. Go‘ëki bu holat sovet davrida bo‘lgan¸ hozir esa mavjud emas. O‘zbekistonda, ayniqsa qishloq xo‘jalik sohasida qonunlar emas Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va hokimlarning gapi ko‘proq ishlaydi. Bu aksiomadek bir narsa. Lekin meni o‘ylantirgan bir narsa mana bu mulozimlar o‘ylashmaydiki¸ gap bizning bolalarimiz haqida ketayapti. O‘zbekistondagi bolalar haqida. Shu bolalar haqida mulozimlar ko‘proq o‘ylashi kerak xalqaro tashkilotlar emas. O‘zbeksitondagi ota-onalar o‘ylashi kerak. Qachonki ota-onalar o‘zlarining bolalarining sog‘ligini¸ kelajagini o‘ylasa¸ shunda vaziyat o‘zgarishi mumkin, deydi Umida Niyozova.

Joriy yilda O‘zbekistonda ob-havo qulay kelgani uchun paxta hosili avvalgi yillarga nisbatan mo‘lroq bo‘lishini bashorat qilayotgan o‘zbek fermerlari bolalar mehnatisiz hosilni yig‘ib olishning imkoni yo‘qligini tan oladilar.

Buxorolik fermer Murod aka paxta yetishtirishda majburiy mehnatdan voz kechish uchun O‘zbekiston hukumati paxta sanoati sohasida islohotlarni amalga oshirishi lozim deb hisoblaydi.

- Menimcha¸ yerni yiriklashtirmaslik kerak. Hozir yiriklashtirish davom etayapti. Hozir fermerlar butun mol-mulkini xarj qilib, aftodahol bo‘lib qolgan. Ikkinchi chora paxta xarid narxini oshirish kerak. Ana shu ikkita chorani ko‘rgandan keyin u manfaat ko‘radi. Fermer yer maydonining daromadini olgandan keyin paxta teradigan texnika bilan yig‘ishtirib oladi o‘zi,- deydi Murod aka.

“Wal-Mart”, “H&M”, “Marks & Spencer”, “TESCO”, “Gap”, “Target” kabi dunyoning yirik chakana savdo shirkatlari bolalar mehnati evaziga O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtadan tayyorlangan maxsulotlarga boykot e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG