Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:32

“Ezgulik” jamiyati rahbarining o‘g‘liga hujum qilindi


"Ezgulik" rahbari Vasila Inoyatova o‘g‘liga qilingan hujumning uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmaydi.
"Ezgulik" rahbari Vasila Inoyatova o‘g‘liga qilingan hujumning uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmaydi.

7 sentyabr kuni tushdan keyin O‘zbekiston Adliya vazirligi binosi yaqinida “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Vasila Inoyatovaning o‘g‘li Jamshid Inoyatovga hujum qilindi. Oqibatda Jamshid qo‘lidan yaralandi va klinikada jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.


Vasila Inoyatovaning Ozodlikka aytishicha, uning o‘zi, “Ezgulik” jamiyatining yuristi va o‘g‘li Jamshid Adliya vazirligiga hisobot topshirish uchun ketayotgan paytda 60 – 65 yoshlardagi bir erkak yangi “Neksiya-2” rusumidagi avtomobilda ularning mashinasini Amir Temur ko‘chasidan ta‘qib qilib kela boshlagan va ularning mashinasini yo‘l chetiga siqishga bir necha marta uringan. Keyin keksa haydovchi ularni haqorat qila boshlagan.

“Ezgulik”ning hisobchisi bo‘lib ishlaydigan Jamshid mashinani yo‘l chetida to‘xtatib, nima sababdan u bunday qilaganini so‘raganida, Neksiyaning egasi Jamshid va onasi Vasila Inoyatovani yana haqorat qilgan.

- So‘kib-so‘kib, yana mashinaga o‘tirib, haligidek qildi. O‘g‘lim mashina oldiga borib, "to‘xtang, nima uchun sababsiz bunday haqorat qilyapsiz, biz nima yomonlik qildik? O‘zingiz mashinani surib kelayapsiz, yana hammaning oldida so‘kayapsiz", dedi. Tumonat odam to‘planib ketdi. Keyin qo‘lida pichoq paydo bo‘lib qoldi. O‘g‘limning bilagiga ichki tarafidan shunaqa urdi. Keyin men ham tushuna olmay qoldim nima bo‘lganini. O‘g‘limga: "Nima bo‘ldi?" desam, "Qo‘limga nimadir tiqdi", dedi. Keyin u mashinani shunaqa tezlik bilan joyidan qo‘zg‘atib, haydab ketdi, - deydi huquq himoyachisi.

Vasila Inoyatovaga ko‘ra, voqea joyiga yaqin yerda turgan Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ularga yordam bermagan.

- 20 metr narida GAI mashinalari turibdi. Ular hattoki qaramadi ham. Ularni chaqirdik ham, kelishmadi. "Bizning joyimiz ko‘chaning bu betida" deb, bu tomonga o‘tishmadiyam, deydi - “Ezgulik” jamiyati raisi.

Vasila Inoyatovaga ko‘ra, qo‘lidan tirqirab qon oqayotgan Jamshidni ular eski ToshMI kasalxonasiga olib borishgan. ToshMI jarrohlari pichoq zarbi chuqur bo‘lgani uchun Jamshidning qo‘lidagi qon tomirlar va nerv tolalari kesilib ketganini, shu bois qo‘lni neyrojarrohlar tezda operatsiya qilib tikishlari kerakligini, aks holda qo‘l shol bo‘lib qolishi mumkinligini aytishgan.

Shundan so‘ng Jamshidni 16-klinikaga olib borishgan. U yerda neyrojarrohlar Jamshidning qo‘lini tezda operatsiya qilib tikishgan.

Bu orada huquq-tartibot organi xodimlari, Vasila Inoyatova aytganidek, 565DJ raqamli “Neksiya-2” mashinasini topib, uning haydovchisini qo‘lga olgan. Bu haqda tungi 10 yarimlarda Inoyatovaga qo‘ng‘iroq qilib aytishgan.

- Hali biz u odamni ko‘rganimiz yo‘q. Taklif qilishdi. 565 raqamli ikkinchi rusumli Neksiya mashinasi topilibdi. Shunaqa katta yoshdagi haydovchi, deb kecha kechqurun 10 yarimlarda aytishdi. Lekin hali biz ko‘rganimiz yo‘q. Bugun tanib olishga chaqirishadi. Hozir baho bera olmayman. Lekin jinoyat fosh qilinsin, aybdor olib kelinsin. Nima maqsadda shunday qildi? Ochiqlansin bu narsa. Lekin, agar shunaqa bo‘lmasa, men buni “uyushtirilgan”, deb hisoblayman, - dedi “Ezgulik” jamiyati raisi Vasila Inoyatova.

Mavzuga oid so‘nggi ma‘lumotlar bilan kun davomida tanisha olasiz.
XS
SM
MD
LG