Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:10

Amrikalik pastor Qur‘onni yoqish fikridan qaytmayapti


Qur'onni yoqmoqchi bo'lgan pastor Terri Jounz
Qur'onni yoqmoqchi bo'lgan pastor Terri Jounz
AQSh ning Florida shtatidagi Geynesville shaharchasida “Dove World Outreach” cherkovi pastori va qavmi 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan hujumning 9 yilligi xotirasiga muqaddas Qur‘on kitobini yoqish rejasidan voz kechgani yo‘q.

AQSh jamoatchiligi, jumladan, turli din jamoalari noroziliklariga javoban, cherkov pastori Terri Jounz AQSh hukumatining vaziyatini tushunishini, garchi muqaddas kitobni yoqish yoki yoqmaslik haqida hali ham yakuniy qarorga kelmagan bo‘lsa-da, tadbir hanuz rejalashtirilganicha qolganini aytmoqda.

Seshanba kuni kechki payt AQSh Davlat departamentida tashkil qilingan iftorlikda Davlat kotibi Hillari Klinton cherkov pastorining bu harakatini sharmandalik, deb baholadi.

- Biz bugun birgalikda bir dasturxon ustida o‘tirar ekanmiz, Floridadagi Geynesville pastori 11 sentyabr kuni muqaddas Qur‘onni yoqish istagida ekani xabar qilinmoqda. Men bu voqeaga nisbatan Yevangeliya cherkovi nasroniylaridan tortib, yahudiy ravvinlari, shuningdek, AQSh ning dunyoviy yetakchilari va siyosatchilari tomonidan bu hurmatsizlarcha, orsizlarcha harakatning aniq, tiniq qoralanganini ko‘rib juda ruhlandim, dedi AQSh Davlat kotibi.

AQSh hukumati va Pentagon rasmiylariga ko‘ra, bunday provokatsiya amerikaliklar hayotini tahlika ostida qoldirishi mumkin.
XS
SM
MD
LG