Линклар

Afg‘onistondagi saylov komissiyasi 18 sentyabr kuni o‘tkaziladigan parlament saylovida yana o‘nlab saylov uchastkasi xavfsizlik sabablariga ko‘ra yopiq bo‘lishini ma‘lum qildi.

Davlat saylov komissiyasi “xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani” bois Nangarxor viloyatidagi 458ta saylov uchastkasidan 81tasi ishlamasligini aytdi.

Undan oldin saylov komissiyasi rasmiylari Afg‘oniston bo‘yicha 900dan ortiq saylov uchastkasi yopiq bo‘lishini aytgan edi.

18 sentyabr kungi parlament saylovida Afg‘oniston bo‘yicha salkam 5 ming 900ta saylov uchastkasi ishlashi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG