Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:12

O‘zbekiston "Tinchlik missiyasi-2010"da qatnashmayapti


Harbiy mashqlar birinchi navbatda ShHTning tashkilot sifatida ahamiyatini ko‘z-ko‘z qilishga qaratilgan, deydi tahlilchilar.
Harbiy mashqlar birinchi navbatda ShHTning tashkilot sifatida ahamiyatini ko‘z-ko‘z qilishga qaratilgan, deydi tahlilchilar.

Qozog‘istonda ShHT doirasida qo‘shma harbiy mashqlar boshlandi. "Tinchlik missiyasi-2010" mashshqlarida O‘zbekiston harbiylari ishtirok etmayapti. Ayni paytda, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston kuch ishlatar idoralarini terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha tayorgarlikdan o‘tkazidi.


Payshanba kuni boshlangan “Tinchlik missiyasi-2010” aksil terror mashqlarida Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan mingtadan qo‘shin hamda Tojikiston va Qirg‘izistondan yuzlab harbiylar qatnashmoqda.

Bu haqda matbuotga ma‘lum Rossiya piyoda qo‘shinlari rasmiysi Oleg Yushkovga ko‘ra, “O‘zbekiston bu mashqlarda hech qanday shaklda ishtirok etmaydi, Qozog‘istonga na o‘zbek harbiy boshliqlari, na qo‘shinlari keldi.” Bunda O‘zbekistonga ham ShHTning boshqa a‘zo davlatlari kabi taklifnoma yuborildi, deya qo‘shimcha qildi harbiy mashqlar shtabidagi Rossiya vakili.

ShHT qoshidagi aksil-terror mintaqaviy tuzilmaning bosh qarorgohi Toshkentda joylashganiga qaramasdan, O‘zbekiston ShHT doirasida o‘tkazilayotgan aksil terror mashqlarini birinchi marta bepisand qoldirayotgani yo‘q. O‘tgan oy Rossiyaning Saratov viloyatida, o‘tgan yili esa Tojikistonda ShHT o‘tkazgan mashqlarda ham O‘zbekiston harbiylari qatnashmagan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston MDH mamlakatlarining yagona xavfsizlik tuzilmasi hisoblanmish Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti o‘tkazadigan harbiy mashqlar, keyingi paytlarda esa, uning yig‘inlarini e‘tiborsiz qoldirib kelmoqda.

Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan mashqlar uch bosqichdan iborat bo‘lib, 17 kun davom etadi.

Dastlab Olma Otadadagi radioeletronika harbiy-injener instiutida mashqlarning tayyorgarlik bosqichi o‘tkaziladi. 24 sentyabr kuni esa, Jambul viloyatidagi “Matibuloq” poligonida mashqlarning harbiy bosqichi boshlanadi.

Yuzlab harbiy mashinalar, jangovar uchqichlar va minglab qo‘shinlar ishtirokidagi harbiy mashqlar, tahlilchilar fikricha, birinchi navbatda ShHTning tashkilot sifatida ahamiyatini ko‘z-ko‘z qilishga qaratilgan va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmaydi.

“Kommersant” gazetasining xalqaro sharhlovchisi Vladimir Solovьyov “O‘zbekistonning ShHT va KXShT doirasida o‘tkazilayotgan harbiy mashqlarda qatnashishga qiziqish ko‘rsatmayotgani bir tomondan bunday tadbirlarning qanchalik ahamiyatsizligi, ikkinchi tomondan mazkur tuzilmalar ichidagi parokandalikdan darak beradi”, deya ta‘kidladi Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda.

Ayni paytda, Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi maxsus operatsiyalar bo‘yicha AQSh qo‘mondonligi qoshidagi qo‘shma maxsus amaliyotlar universiteti O‘zbekiston kuch ishlatar idoralari vakillarini terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazishga doir loyihani yakunlaganini ma‘lum qildi.

O‘zbekiston Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari va Bosh prokuraturasining 15 xodimi ishtirok etgan kurslarda amerikalik mutaxassislar interaktiv ma‘ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deydi Ozodlik bilan suhbatda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati rahbari Molli Stivensen.

- Bu bir haftalik trening kurslarini O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazdik. Mazkur kurslarda O‘zbekiston Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari va Bosh prokuraturasining 15 ga yaqin yuqori va o‘rta darajadagi rasmiylari ishtirok etdi. Loyiha bu idoralar o‘rtasida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni samarali tarzda muvofiqlashtirishlariga yordam berishga qaratilgan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ham Qo‘shma Shtatlar, ham O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan masala – global terrorchilikka qarshi kurash samarasini oshiridir, deydi AQSh elchixonasi rasmiysi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida bunday loyiha amalga oshirilgan birnchi davlatdir, deya qo‘shimcha qildi AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati rahbari Molli Stivensen.
XS
SM
MD
LG