Линклар

logo-print

Erkin mikrofon - Hayitda muhojirlarni siyladim


O‘zbekistonlik suhbatdoshlarimizga ko‘ra, Hayit namoziga kelganlar masjidlar oldidagi ko‘chalarni to‘ldirgan

O‘zbekistonlik suhbatdoshlarimizga ko‘ra, Hayit namoziga kelganlar masjidlar oldidagi ko‘chalarni to‘ldirgan

O‘zbekistonliklar Ramazon Hayitini 10 sentyabr kuni nishonladi. Shu bois "Erkin mikrofon"ga qo‘ng‘iroq qilgan suhbatdoshlarimizdan hayitni qanday nishonlagani haqida so‘radik.


“Birinchi bor Hayit namoziga bordim”

deydi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan Abdujalil Turg‘unov. U Hayit namozidan olam-olam taassurot olganini aytadi:

- Juda yaxshi. Hammaning kayfiyati ko‘tarinki.

Ozodlik: Hayit namozida odam ko‘p bo‘ldimi? Nimalar deyishdi?

- Har yilgiga nisbatan bu yil ko‘p bo‘ldi, deb gapirdi. Men birinchi marta bordim. “Mashinalar ham tiqilib ketdi. Yo‘llarni bekitib qo‘ydi”, deb gapirildi.

Ozodlik: Amri-ma‘rufda nimalar deyildi?

- Ramazon oyining muborak oyligini, Payg‘ambarimizning hadislariga binoan ro‘za tutish kerakligini, shu oyda ro‘zani tutib poklanmagan odamning ahvoliga voy deganlar Payg‘ambarimiz, deb ma‘ruza bo‘ldi. Qori aka juda chiroyli ma‘ruza qildilar. Juda katta taassurot qoldirdida. Men birinchi marta chiqishim o‘zi Hayit namoziga.

Ozodlik: Bundan keyin doim chiqasizmi, Xudo xohlasa?

- Xudo xohlasa, ha. Niyat bor. Masjidda bunaqa ko‘p odam to‘planishini endi ko‘rayapman. O‘zim ilgari bormagandim to‘g‘risi. Men ajoyib holatga tushib qoldimda. Bunaqa ko‘p odamning masjidga to‘planganini ko‘rmagan edim. Shuning uchun hamma mening do‘stlarimni, ko‘rgan-ko‘rmagan do‘stlarimni bayram bilan tabriklayman.

Ozodlik: Masjiddan chiqib uyga borgandirsiz. Bolalarga sovg‘a-salom, shirinliklar olib borgandirsiz.

- Ha. Masjiddan chiqib uyga bordim. Jiyanlarimga, nimalarga pul berdim. Shirinlik olib borganim yo‘q to‘g‘risi, deydi namanganlik Abdujalil Turg‘unov.


“Bo‘g‘irsoq pishirib, muhojirlarni siyladim”

deydi Rossiyaning Kaluga shahridagi qorqalpog‘istonlik mehnat muhojiri Niyozmat:

- Assalomu alaykum.

Ozodlik: Vaalaykum assalom. Yaxshimisiz?

- Yaxshi rahmat. Hormanglar. Kirib kelgan Hayit bayramlaringiz bilan. Tabriklayman Ozodlikning hamma xodimlarini.

Ozodlik: Rahmat. Muhojirlikda yurgan o‘zbeklarni ham tabriklaymiz.

- Rahmat. Men Qoraqalpog‘iston respublikasi, Amudarë tumani, Kuybishev qishlog‘idan Niëzmatman.

Ozodlik: Hayitni qanday o‘tkazganliklaringizni gapirib bering.

- Ëmon emas. Mulla bilganini o‘qiydi deganday yaxshi o‘tkazdik. Bo‘g‘irsoq pishirdik kecha o‘zimiz pazanda bo‘lib.

Ozodlik: O‘zlaring bo‘g‘irsoq pishirdilaringmi?

- Ha. Is chiqarish degan bo‘ladiyu. Bu yerda o‘zbek bolalar ishlaydida. Shularga tarqatdik.

Ozodlik: Kim pishirdi endi?

- O‘zim pishirdim.

Ozodlik: Siz bilasizmi bo‘g‘irsoq qilishni? Xamir qilish kerak unga.

- Xamir qilishni bilaman men.

Ozodlik: Muhojirlikda odam ko‘p narsani o‘rganadi deng.

- Ha, boshga tushsa, o‘rganaverar ekanda. O‘zimizning kafe bor edi. Baliq, barak (chuchvaraning Xorazm shevasidagi aytilishi – tahr.) pishirib sotar edik. O‘zim Ozodlikning 25 yillik muxlisiman. Narkomanlar zavisimiy bo‘lib qoladiyu. Shundayman. Qachon soat sakkiz bo‘larkan deb o‘tiraman. Uydagilar ham shunga o‘rganib ketgan. Shunga salomlar, tabrik yo‘llab qo‘ysam bo‘ladimi?

Ozodlik: Bo‘ladi.

- Kirib kelgan Hayit bayrami bilan o‘zbek xalqini, qolaversa onajonimni tabriklayman. Yaqinda 75 ëshga to‘ldi onam. Aka-ukamlarni, qizlarimni umuman hammani tabriklayman. Sog‘liq bo‘lsin, tinchlik bo‘lsin, deydi Kalugada mehnat qilaëtgan qoraqalpog‘istonlik Niëzmat.


“Odamlarda mehr kamayib boryapti”

deydi Tojikistonning Istaravshan tumanidagi Lakat qishlog‘ida istiqomat qiulvchi 80 yoshli otaxon Aliqul Mansurov o‘tayotgan Hayit bayrami haqida gapirar ekan.

- Xudoga shukur Hayit yaxshi o‘tayapti.

Ozodlik: Hayitda nima qiladi sizlarda?

- Bugun namoz bo‘ldi. Xudoga tayanib shukrona qilib o‘tiradida. Bizlarniki Hayit bo‘lgandan keyin bir qabristonimiz bor. Shu yerga borib o‘lganlarga yig‘ilishib xudoyi qiladi ëki tilovat qiladi. Bir biri bilan hol-ahvol so‘rashadi. So‘rashib, dam olib qaytib keladi.

Ozodlik: Xalqning haëti qanday? Yaxshimi axir?

- Xalqning haëti yaxshiyu, muammolar ko‘pda. Aytsam tilim, aytmasam dilim og‘riydi degan narsalar borda. Shunga kimga arz, shikoyat qilishni odam bilmaydi. Xalqning norizoliklari bo‘ladi. Birov birovga e‘tibor bermaydi. Har kim o‘zim bo‘lay degan holatlar yuz berayaptida. Ilgari mehribonlik, bir biriga mehr-muhabbat kuchli edi. Do‘stlik kuchli edi. Hozir faqat yakka shaxs, o‘zim bo‘lay degan fikrlar bo‘ladi. Ilgari paytda bir brigad¸ rais bo‘lardi. Hamma shunga itoat qilardi. Tarqalib ketib hamma o‘zi bilan band. Ertadan kechgacha o‘zining ishi bilan mashg‘ul. Jamiyatparvarlik kam bo‘lib qolayapti. Mehr-muhabbat yo‘qolayapti chamamda, deydi Tojikistonning Istaravshan tumanidagi Lakat qishlog‘ida istiqomat qiulvchi 80 yoshli otaxon Aliqul Mansurov.


“O‘shda ham Hayit bo‘ldi”

deydi o‘shlik Bahodir. Unga ko‘ra, o‘shlik o‘zbeklar har yilgidek Hayit namoziga borishgan, biroq bu yil har yilgidan odam kam bo‘lgan:

- O‘shda yangilik yo‘q. Hamma ëq yaxshi, tinchlik. Erta bilan Hayit namozini o‘qidik. Hozir Juma namozini o‘qib keldik. Hamma ëq tinchlik Xudo xohlasa.

Ozodlik: Masjidga odam ko‘p keldimi?

- Har safargidan ko‘ra ozgina ozroq. Rossiyaga ketaëtganlarning o‘rni bilindi baribir. Odam oz. Erta bilan Hayit namozida ham, jumada ham ota-onaga yaxshilik qilish, silai rahm, doimiy masalalar to‘g‘risida ma‘ruza bo‘ldi. Tinchlik yarashish haqida amru-ma‘ruflar bo‘lmadi. Duo qilinaëtganda bu haqda duo qilindi. Lekin rasman bunaqa ma‘ruza bo‘lgani yo‘q.

Ozodlik: Odamlarning kayfiyati qanday? Bayramonami?

- Kayfiyati yaxshi. Tinchlik bo‘lgandan keyin yaxshi bo‘ladida. Hamma “ro‘zadan keyin bir narsa bo‘larkan” degan mish-mishlardan qo‘rqib yurgan edi. Xudoga shukur mana tinch o‘tdi. Kayfiyat yaxshi hammaniki. Meniki ham yaxshi. Baribir Hayit odamlar xursandchilik qiladigan kun. Musulmonlar uchun xursandchilik kuni¸ deydi o‘shlik Bahodir.


“Hayit ham tatimadi”


deydi Qirg‘izistonning Novqat tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan, ismi sir qolishini iltimos qilgan tinglovchi.

- Biz boya uch-to‘rtta oshnamiz bilan to‘planib tursak, bir-ikkita qirg‘iz bolalar kelishdi. Qo‘llarida pistoleti bor ekan. Bizni militsiyaxonaga olib borishdi. Grajdanskiy formada. Borganimizdan keyin ichkariga qamab bizni urishdi. “Boringni chiqar. Pullaringni chiqar” deyishdi. “Hech narsamiz yo‘q” desak, keyin besh-oltita militsionerlar kirishdi. Ular kirib, indamasdan chiqib ketishdi. Grajdanskiy formadagilar keyin bizdan pul talab qilishdi. Biz 100 so‘mdan pul chiqardik. Shuni olishdi va keyin yana so‘rashdi. “Yo‘q” degan edik, telefonimizni olishdi va yana qaytib berishdi. Keyin bizni chiqarib yubordi. 100 so‘mdan pulimizni olib “o‘zbeklar normalniy yurishgin” dedi.

Ozodlik: Qayerda bo‘ldi bu voqea? Novqat tuman markazidami?

- Novqat shahrining markaziy bozorida uchastkovoyida bo‘layapti.

Ozodlik: Sizlarni uchastkovoy xonasiga olib kirdimi?

- Ha, o‘sha yerga olib kirdi.

Ozodlik: Fuqarolik kiyimida deyapsiz. Sizlarga hujjat ko‘rsatdimi ular?

- Ko‘rsatmadi. Bizni to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib olib ketishdi. Qo‘lida to‘pponchalari ham bor edi.

Ozodlik: Urishdi hammi?

- Bir-ikki marta ichimizga urishdi, bo‘ynimizga urishdi, tepishdi. Biz uch kishi edik.

Ozodlik: Ularchi?

- Ular ham kattalari uch kishi edi. Keyin ikkita militsiya kirdi. Keyin o‘zimizning odamlardan so‘radik. Ular roziskning odamlari deyishdi.

Ozodlik: Sizlarga Hayit ham hayitday bo‘lmaptida-a?

- Shunaqa bo‘ldida. Bayram ham tatimadi¸ deydi novqatlik suhbatdosh.

*********************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 773 267 230 raqamiga yo‘llang.

“Erkin mikrofon” sizga muntazir!

“Erkin mikrofon” rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas.!
XS
SM
MD
LG