Линклар

logo-print

O‘zbekistonda Ramazon Hayiti 10 sentyabr kuni nishonlandi. Toshkentdagi masjidlardan birida hayit namozini o‘qigan Abduqahhor aka Ozodlik muxbiriga bu yil ham poytaxt masjidlari namozxonlarga to‘lgani, amri-ma‘ruf qilgan imomlar musulmonlarni "shu kunlarga shukr va sabr-toqat" qilishga da‘vat etganini gapirib berdi.


Ozodlik: Abduqahhor aka, assalomu alaykum.

- Vaalaykum assalom.

Ozodlik: Hayit bayramlaringiz muborak bo‘lsin.

- Rahmat.

Ozodlik: Mana bugun O‘zbekistonda muborak Ramazon hayiti nishonlandi. Qanday nishonlandi bu Toshkentda?

- Bizlarning mahalla Hamza tumanida joylashgan. Bizlar Al Xudaybiya masjidiga qatnaymiz. Hayitlar ëmon o‘tmadi. Har yili qanday bo‘lsa shunday. Odamlar gavjum. Qo‘riqchilarimiz ham ancha-muncha.

Ozodlik: Qo‘riqchilar deganda kimlarni aytayapsiz?

- Endi militsiya deymizku, militsiyalar.

Ozodlik: Militsiya xodimlari ham ko‘pchilik.

- Ha, anchagina. Ketishimizda 40 let pobedada yana bitta masjid bor. Ertalab 4 da chiqib ketganman men. Bu yerda ham eng katta ko‘cha ëpilgan. Xullas ëmon o‘tmadi. Tinchlik, xotirjamlik. Sabr-toqat, prezidentimizga rahmat bilan o‘tdi.

Ozodlik: Odamlarning kayfiyati qanday edi?

- Endi kayfiyati shu har yilgiday. Hamma Xudoga ishonib boradi. Haëtimiz yaxshi bo‘lsin deb boradida Xudodan iltijo qilib. Kayfiyat qanaqa bo‘lishi mumkin? Shu iltijo. Xudodan boshqa hech kim ërdam bermaydi. Faqat shu. Ëshlar ham juda ko‘p. Juda ëshlar ko‘p. Tepadagi rahbarlarimiz ham qani edi kirib xalq bilan birga Xudodan iltijo qilib insofga kelib qolishsa ëmon bo‘lmas edi. Ming afsuski, endi ularning Xudosi boshqa. Oddiy biz fuqarolarning Xudomiz boshqa.

Ozodlik: Rahmat Abduqahhor aka. Bayramlar yana bir bor qutlug‘ bo‘lsin.

- Rahmat. Hammanglarni tabriklayman. Ming rahmat sizlarga ham. Yaxshi ham bor ekansizlar. Rahmat sizlarga.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG