Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:31

AQShda 2001 yil 11 sentabr fojiasi qurbonlari xotirlandi


Qozog‘istonlik musulmonlar floridalik pastor Terri Jounzning Qur‘onni yoqish rejasini butun dunyo musulmonlariga qarshi qaratilgan provokatsiya, deya baholamoqdalar.
Qozog‘istonlik musulmonlar floridalik pastor Terri Jounzning Qur‘onni yoqish rejasini butun dunyo musulmonlariga qarshi qaratilgan provokatsiya, deya baholamoqdalar.

Amerikada 2001 yil 11 sentabrgi terror hujumlarining 9 yilligi xotirlandi. Mazkur sana Amerikada musulmonlarga qarshi kayfiyatlar kuchaygan paytga to‘g‘ri keldi. Bunga fojia yuz bergan joy yaqiniga Islomiy markaz qurish rejalanayotgani sabab bo‘ldi.


AQShda 2001 yil 11 sentabrda qariyib uch ming odamning yostig‘ini quritgan terrorchi hujumlarining 9 yilligini xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

AQSh prezidenti Barak Obama Pentagonda, vitse prezident Jozef Bayden esa, Nyu Yorkdagi xotira marosimida ishtirok etdi.

AQSh prezidentining rafiqasi Mishel Obama va sobiq “birinchi leydi” Lora Bush o‘g‘irlangan to‘rtinchi samolyot yerga qulagan Pensilvaniya shtatida uyushtirilgan xotira marosimida qatnashdilar.

Vashingtondagi marosimda so‘zlagan prezident Barak Obama qurbonlar xotirasini yod etdi.

- Oradan to‘qqiz yil o‘tdi. Bu davrda har qachongidan ko‘p ko‘z yosh to‘kdingiz. Vaqt o‘tishi bilan dunyoda ba‘zi narsalar o‘zgargandek bo‘lib ko‘ringani qaramay, bugun men sizning yaqinlaringiz xalqimiz qalbidan mangu o‘rin egallaganining shohidi bo‘ldim, dedi AQSh rahbari.

Bu yilgi xotira marosimi 2001 yil 11 sentabr kungi hujum oqibatida yerga qulagan Jahon savdo markazi binolari turgan joy yaqiniga Islomiy markaz qurish rejasiga norozilik tariqasida Florida shtatidagi yevangeliy cherkovi pastori Terri Jounz musulmonlarning muqaddas Qur‘on kitobini yoqishga tahdid qilgan paytga to‘g‘ri keldi.

AQSh prezidenti Barak Obama bu ikki masalada qat‘iy pozitsiyada turibdi. AQSh rahbari pastorning rejasiga keskin qarshi chiqqan.

Musulmon davlatlarda Terri Jounezning rejasiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi va bunday namoyishlar davom etmoqda.

AQSh prezidenti BMTda yuzaga kelgan diniy keskinlikni yumshatishga urinib barcha davlatlarni asosiy qadriyatlar atrofida birlashishga chaqirdi.

- Ular turli dinlar o‘rtasida mojaro chiqarishni xohlayotgan bo‘lishlari mumkin. Biroq amerikalik sifatida biz Islomga qarshi urushmayapmiz va hech qachon urushmaymiz. Sentyabr voqealarida bizga din hujum qilmagan. Al-Qoida hujum qilgan. Biz xorijdagi sabr-toqatizlik va ekstrimizmni hozirgina qoralaganimiz barobarida, o‘z davlatimizning ko‘p millatli va sabr-toqatli davlat an‘analariga sodiq bo‘lib qolamiz, dedi AQSh prezidenti.

Nyu Yorkdagi xotira marosimidan keyin tadbir ishtirokchilari Islomiy markaz qurilishiga qarshi ko‘cha namoyishi o‘tkazishni rejalangan. Tadbirda AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton ham so‘zga chiqishi ma‘lum qilingan.

Ayni paytda Islomiy markaz qurilishi tarafdorlari norozilarga qarshi namoyish uyushtirishni rejalagan.

Eslatish joizki, 2001 yil 11 sentabr kuni Nьyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylashgan “Egiz binolar” qulagan paytda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonlik Gavhar Qamariddinova ham bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG