Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:58

Roza O‘tunbayeva O‘shga bordi


Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayeva mamlakat janubidagi iyun voqealarida qurbon bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish uchun O‘shga bordi.

Ozodlik muxbirlari xabariga ko‘ra, O‘tunbayeva yaqinlarini yo‘qotgan oilalarda bo‘lgan va Qirg‘iziston janubidagi aholi vakillari bilan uchrashgan. Ammo, aynan qaysi mahalla va oilalarda bo‘lgani, aynan kimlar bilan uchrashgani haqida hozircha hech qanday xabar berilgani yo‘q.

Bundan tashqari, prezident shahar markazida qurilayotgan 2 ta ko‘pqavatli binolar qurilishini ham ko‘zdan kechirgan. Har birida 75 tadan xonadon bo‘lishi aytilgan bu ko‘pqavatli uylar iyun voqealarida uyi yonib ketgan o‘shliklarga atalgan.

Prezident mamlakat janubida 2 kun bo‘ladi va 13 sentabr kuni u mamlakat janubidagi huquq-tartibot idoralari vakillari hamda mahalliy matbuot vakillari bilan uchrashishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG