Линклар

logo-print
Nyu York shahrida 11 sentyabr voqealarining 9 yilligiga bag‘ishlab katta namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Ikki guruhga bo‘lingan namoyishlarning bir qismi 11 sentyabr hujumlari uyushtirilgan joy — "Ground Zero"da masjid va islomiy markaz qurilishini yoqladi. Yana bir guruh esa bunga qarshilik bildirdi. Har ikki namoyishda qariyb bir yarim - ikki ming kishi ishtirok etdi.

11 sentyabr kuni Nyu York va Vashington shaharlarida 11 sentyabr kungi terakt qurbonlarini xotirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Bu marosimlarda so‘zlagan Barak Obama Amerika qo‘shma shtatlari hech qachon islom bilan kurashmagan va bundan keyin ham kurashmaydi, deb bayonot berdi.

Ayni paytda Obama uning davlati 2001 yilgi 11 sentyabr xurujlarini sodir etgan terrorchilarga qarshi kurashayotganini ta‘kidlab o‘tdi.
XS
SM
MD
LG