Линклар

logo-print
O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘zining "Guli" brendi ostida yaratgan liboslar kollektsiyasini Nyu Yorkdagi modalar xaftaligida taqdim etmoqda.

An‘anaviy uslubda, adras, atlas, beqasam va ipakdan qo‘lda tayyorlangan 34 xildagi o‘zbekcha liboslar "Mercedes-Benz" modalar xaftaligida ilk bor namoyish etilmoqda.

Ushbu tadbir har yili jahonning Berlin, Nyu York, Los-Anjeles, Toronto kabi shaharlarida o‘tkazib turiladi.

Gulnora Karimovaning "Guli" brendi qimmatbaho taqinchoqlari bilan ham tanilgan.

Horij matbuotida O‘zbekistonning Shveytsariya hamda Ispaniyadagi elchisi Gulnora Karimovaning duru javohirlari fonida uning qashshoqlikdan azob chekayotgan mamlakati, siyosiy qatag‘onlar, paxta dalalarida bolalarning majburan ishlatilishi va Andijonda tinch namoyishchilar hukumat tomonidan qatliom qilinganiga oid maqolalar tez-tez paydo bo‘lib turadi.
XS
SM
MD
LG