Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:02

O‘shda xalqaro tashkilotlar yangi nizo qo‘zg‘ashga aloqadorlikda ayblandi


O‘shga safar qilgan Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayeva viloyat va shahar milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar boshqarmasi va sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi.

Milliy xavfsizlik xizmati boshlig‘i Turat Asanbayev vaziyat keyingi paytda barqarorlashgani, biroq chet kuchlar hanuz noto‘g‘ri harakatlar qilayotgani va bu harakatlarni mahalliy nodavlat tashkilotlar hamda Ommaviy axborot vositalari quvvatlayotgani ahvolga teskari ta‘sir ko‘rsatayotganini ta‘kidladi.

Asanbayev fikricha, xalqaro tashkilotlarning Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuchli chora-tadbirlar ko‘rish zarur, chunki, tilga olingan tashkilotlarning bir tomonlama yondashuvi millatlararo yangi janjallar tug‘ilishiga zamin tayyorlamoqda.

Ayni paytda, prezident ma‘muriyati xavfsizligini ta‘minlash xizmati boshlig‘i Busurmanqul Tabaldiyev ham oxirgi paytda xalqni qattiq tahlikaga solgan chet kuchlarning harakatini g‘oyaviy diversiya sifatida baholab, uni uyushtirganlarni to‘xtovsiz topib jazolash zarurligini ta‘kidladi.

Roza O‘tunbayeva O‘shga 12 sentabr kuni ikki kunlik safar bilan borgan va 13 sentabr kuni tushdan keyin xalq vakillaridan 22 nafarini qabul qilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG