Линклар

Islom Karimov BMT sammitida ishtirok etadi


Uzbekistan - President Islam Karimov speaks at a news briefing after the SCO summit in Tashkent, 11Jun2010

Uzbekistan - President Islam Karimov speaks at a news briefing after the SCO summit in Tashkent, 11Jun2010

BMTning Ming yillik taraqqiyot dasturi maqsadlariga bag‘ishlab 20-22 sentabr kunlari Nyu Yorkda bo‘ladigan sammitda ishtirok etadigan O‘zbekiston hukumat delegatsiyasiga bu gal prezident Islom Karimovning o‘zi yetakchilik qilishi kutilmoqda.

"Gazeta.uz" saytining xabar qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi sammitda mamlakatning Ming yillik taraqqiyot dasturi doirasida erishayotgan yutuqlari haqidagi hisobotni taqdim etadi. Ammo, O‘zbekiston rasmiy ommaviy axborot vositalarida bu haqda hozircha xabar berilgani yo‘q.

O‘zbekiston Ming yillik taraqqiyot deklaratsiyasini 2000 yilda imzolagan va shundan buyon bu deklaratsiyada ko‘zda tutilgan maqsadlar asosida ishlab chiqilgan milliy dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti 9 sentabr kuni respublika Oliy majlisi Senatida muhokama qilingan edi.
XS
SM
MD
LG