Линклар

Pekin Olimpiadasi bronza medali sohibi Rishod Sobirov o‘zbekistonlik kurashchilardan birinchi bo‘lib dzyudo bo‘yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida buxorolik bu yigit 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ukrainalik Georgiy Zantariya, bolgariyalik Yanislav Garchevni, janubiy koreyalik Jang Jen Minni, yamanlik Ali Xosravni, Italiyalik Elio Verdeni va rossiyalik Beslan Mudranovni yengib chiqdi.

Yuqoriroq vazn toifalarida oltin medal uchun O‘zbekistondan Ramziddin Saidov, O‘tkir Qurbonov va Abdulla Tangriyevlar ham kurashga tushishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha ma‘lumot:

Rishod Sobirov 1986 yil 11 sentabrda Buhoro viloyatining Jandari tumanida tavallud topgan. O‘zbekistonlik dzyudochi. 11 yoshidan dzyudo va kurash bilan shug‘ullanib keladi. O‘zbekiston sharafini bir qator xalqaro musobaqalarda himoya qilgan. 2008 yilda Pekinda o‘tgan Olimpiada oyinlarining bronza medali sovrindori (60 kg). 2007 yili Kuvaitda o‘tgan Osiyo birinchiligi kumush sovrindori. Bugungi kungacha Rishod Sobirov o‘zining sport karyerasida nufuzli xalqaro musobaqalardan 11 medal to‘plagan.
XS
SM
MD
LG