Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:31

Olmaotadagi 29 o‘zbek qochqini O‘zbekistonga topshirilishi mumkin


Qozog‘iston bosh prokuraturasi Olmaota hibsxonasida saqlanayotgan 29 nafar o‘zbek qochqinini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishini ma‘lum qildi.

Bu haqda Olmaota shahar prokurorining bosh yordamchisi Toshkenboy Aubakirov yaqinlarining ozod etilishini talab qilib borgan namoyishchilarga ma‘lum qildi.

- Qozog‘iston Bosh prokuraturasi hibsda saqlanayotgan o‘zbek qochqinlarini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqida qaror qabul qildi. Ammo shu bilan birga, Bosh prokuratura jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi va milliy xavfsizlik qo‘mitasiga o‘zbek qochqinlariga Olmaota shahar migratsiya departamenti chiqargan qaror yuzasidan shikoyat arizasini topshirish uchun imkon yaratib berish bo‘yicha topshiriq berdi,- dedi prokuratura rasmiysi Toshkenboy Aubakirov.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 9 iyunidan 11 iyuniga qadar qozoq huquq-tartibot organlari va maxfiy xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan “Migrant” reydi chog‘ida Olmaota shahridagi 32 o‘zbek qochqinini qo‘lga olingan edi. Ulardan biri ozod etilgan, yana biri esa O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bu qochqinlarni og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblab, ekstraditsiya qilinishini so‘ragan.

Q‘shimcha ma‘lumot:

2010 yil yanvar oyigacha boshpana izlab yurgan insonlarga qochqin maqomini berish b‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar ishi bo‘yicha Qozog‘istondagi vakolatxonalari shug‘ullanib kelgan edi. Shu yilning yanvar oyidan boshlab, yangi qonunga asoslangan holda, qochqin maqomini berish bo‘yicha Qozog‘iston davlat migratsiya departamenti shug‘ullanib kelmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilgan Qozog‘iston davlatiga nisbatan tanqidlarga sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG