Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:37

Rushdi masjid qurilishiga tarafdor


Masjid qurilishiga qarshilarning mitingi
Masjid qurilishiga qarshilarning mitingi
Islom dunyosida la‘natlangan "Shayton suralari" kitobi muallifi Salmon Rushdiy Nyu Yorkning 11 sentabr voqeasi ro‘y bergan qismida masjid qurilishini ma‘qullab gapirdi.

"Associated Press"ga bergan intervyusida Salmon Rushdiy fojea sodir bo‘lgan joyda islomiy markaz va masjid qurilishiga qarshi bo‘layotgan amerikaliklar hassosiyatini tushunishini ta‘kidlash barobarida, e‘tiqod erkinlgini kafolatlagan AQSh konstitutsiyasini xurmat qilish lozimligiga e‘tibor qaratdi.

Ayni paytda Rushdiy har qanday diniy ziëratgohlar qurilishning tarafdori emasligini ham qo‘shimcha qildi.

1980 yilda Rushdiy yozgan "Shayton suralari" kitobi musulmon olamida tavqi la‘natga uchragan edi. O‘shandan beri Rushdiyni o‘ldirish chaqiriqlari yangrab keladi.

Qo‘shimcha ma‘lumot:

Salman Rushdiyning "Shayton suralari" nomli romani 1988 yilda chop etilgan. Aytishlaricha, Rushdiyga bu romanni yozish uchun Muhammad alayhissalomning hayot tarihi ilhom bergan.

"Shayton suralari" romani musulmon dunyosida katta bahslarga sabab bo'lgan, chunki Rushdiy bu romanida Qur'onda keladigan bir to'p suralarni ma'jusiylikni targ'ib qilishini aytgan. "Shayton suralari" romani Eron Islom Respublikasi bosh ulamosi Oyatullo Xomeyinning g‘azabiga uchragan. Oyatullo o‘z va‘zida "Bu daxriy kitobni yozgan daxriyni o‘ldirgan savobga botadi" deb fatvo bergandan so‘ng, bechora adib o‘z yurtidan Angliyaga qochib ketdi. Fatvo haliyam o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Shu sababli muallif hamon yashiringan holda yashamoqda.
XS
SM
MD
LG