Линклар

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi


Samarqandda 13 sentabr kuni mashhur davlat arbobi va astronom Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.

Haykalni O‘zbekiston xalq rassomi Ravshan Mirtojiyev yaratgan. Haykal Mirzo Ulug‘bekni o‘tirgan holda aks ettirgan. Uning orqasida feruza osmon tarzidagi pannoni rassom Rustam Solijonov o‘z shogirdlari bilan mayolika tarzida yaratdi.

Haykal Ulug‘bek qurdirgan observatoriyada olib borilgan ta‘mirlash ishlarining yakuniga yetgan paytda ochildi.

Mart oyida Prezident qaroriga ko‘ra, tez boshlangan va tez tugagan ta‘mirlash ishlari observatoriyaning noyob obidalariga zarar yetkizgani jahon arheologlari tashvishiga sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG