Линклар

Bugun Fransiya Senatida jamoatchilik joylarda muslimalarning yuzini to‘sib turadigan niqob taqib yurishini taqiqlovchi qonun loyihasi ovozga qo‘yiladi.

Turli siyosiy partiyalarning 32 vakilidan tuzilgan maxsus komissiyaning parlamentga taqdim etgan hisoboti qariyb 200 sahifadan iborat bo‘lib, unda 18ta tavsiya, xususan davlatga qarashli hamma joylarda, jumladan, maktablar, kasalxonal va jamoat transportida musulmon ayollarning niqobda yurishini taqiqlash kerakligi tavsiya qilingan.

Dunyoviy printsiplar nuqtai nazaridan erkak va ayol teng huquqqa ega ekani ta‘kidlangan hisobotda yuzni to‘liq to‘sib turadigan niqobning “respublika qadriyatlariga zid ekani” bildirilgan.

Qonun kuchga kiradigan taqdirda Fransiyada o‘z ayoli va qizlarini bunday libosni kiyishga majburlovchilar 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi yoki bir yilga qamalishi mumkin.
XS
SM
MD
LG