Линклар

logo-print
Eronda amerikalik tutqun Sara Shurd ozod etildi. Bu haqda Eronning ingliz tilidagi rasmiy telekanali xabar qildi.

Amerikalik maxbusning betobligi tasdiqlanganidan so‘ng uni tovon puli evaziga ozod etish va mamlakatni tark etishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror berilgan edi.

U bilan may oyida uchrashgan onasi Shurdning jiddiy xasta ekanini aytgan edi.

Sara Shurd va yana ikki nafar amerikalik fuqaro 2009 yil iyul oyida Eronning Iroq bilan cheagaraoldi hududida qo‘lga olingandi.

Yaqinlari so‘zlariga ko‘ra, bu uchchovlon Iroq tog‘lariga sayyohlik bilan borgan. Ammo, Tehron ularni noqonuniy ravishda Eron chegarasini kesib kirganlik va josuslikda ayblagan.

Tehron prokurori boshqa ikki tutqun hibsda qolishini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG