Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:53

O‘tunbayeva "kesdi", Beknazarov norozi


Azimbek Beknazarov prezident O‘tunbayeva uni o‘zidan uzoqlashtirayotganini gumon qilmoqda.
Azimbek Beknazarov prezident O‘tunbayeva uni o‘zidan uzoqlashtirayotganini gumon qilmoqda.
Qirg‘iz hukumatida huquq – tartibot tuzilmalari faoliyatini nazorat qiluvchi Azimbek Beknazarov qirg‘izistonlik o‘zbeklar liderlarini yana bir bor ayrmachilik va milliy nizolarni keltirib chiqarganlikda aybladi. Beknazarov prezident Roza O‘tunbayevaning huquq-tartibot tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish qaroriga ham keskin norozilik bildirdi.

Qirg‘izistonning “Bosh dushman izlovchi”si Azimbek Beknazarov 14 sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Respublika o‘zbek milliy – madaniy markazi vitse prezidenti, parlamentning sobiq deputati Qodirjon Botirovni mamlakatning eng ashaddiy dushmani, deya atadi.

- U o‘zbek avtonomiyasi bo‘lishini talab qildi. Shuning uchun ham hozir qochib yuribdi. Men undan bundan ortig‘ini kutmaganman. U Qirg‘iziston yer yuzidan yo‘q bo‘lishini istaydi. U shuni kutayapti. Biroq biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz,- dedi Azimbek Beknazarov.

Shuningdek, qirg‘iz rasmiysi O‘sh qirg‘ini tashkilotchilariga nisbatan jinoyat ishlari ochilgani va tez orada ularning hammasi katta shov-shuvga sabab bo‘ladigan ochiq sud jarayonida sudlanishini ham qistirib o‘tdi.

Ayni paytda internet orqali video-bayonot e‘lon qilgan Qodirjon Botirov 7 aprelda sodir etilgan “Rozaning inqilobi” uchun tahdidli bo‘lgan daqiqalarda Roza O‘tunbayeva rahbarligidagi amaldagi hukumat qirg‘izistonlik o‘zbeklardan madad so‘ragani, buning evaziga o‘zbeklarga ham hukumatdan o‘rin berilishini va‘da qilgani, o‘zbeklar so‘ralgan yordamni ko‘rsatganlari, shundan so‘ng qirg‘iz hukumati rasmiylari nufuzi oshgan o‘zbek liderlaridan qutilish yo‘lini izlaganlari haqida gapirdi. Qodirjon Botirovga ko‘ra, O‘sh qirg‘ini o‘zbek liderlaridan qutilishning yagona yo‘li bo‘lib qolgan.

- O‘sh va Jalolobod viloyatlari millatlararo nizo iskanjasida qolgach, O‘tunbayeva va uning a‘yonlari – Tekebayev, Beknazarov, Ismoil Isaqov shu bahonada millatlararo nizo qo‘zg‘adi degan ayblov bilan mendan va boshqa obro‘li o‘zbeklardan qutilmoqchi bo‘ldilar,- dedi o‘z bayonotida Qodirjon Botirov.

U shuningdek Qirg‘iziston davlati dushmani emasligini, Qirg‘iziston, degan zamin va vatan bitta ekani, uni asrab – avaylash, rivojlantirish kerakligi haqida ham gapiradi.

14 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida Azimbek Beknazarov prezident Roza O‘tunbayevaga ham “hujum qilgandek” bo‘ldi.

Bundan bir necha kun oldinroq prezident farmoni bilan “Beknazarovning odamlari”, deb aytiladigan bir qator huquq – tartibot tuzilmalari rahbarlari almashtirilgan edi.

Azimbek Beknazarov prezidentning bu farmonlaridan o‘ta norozi ekanini aytdi:

- O‘tunbayeva yoki uning atrofidagilar mana shunday yo‘l bilan meni uzoqlashtirmoqchi bo‘layotgan bo‘lsalar, xato qiladilar. Men bunga yo‘l bermayman,- dedi Beknazarov.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha taniqli mutaxassis va tahlilchi To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev Azimbek Beknazarovning bunday bayonotlari salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, degan fikrda.

- Huquq himoyachisi To‘qtayim Umetaliyeva uchrashuvlardan birida prezident O‘tunbayevaga “Xalq Azimbek Beknazarov prezidentning hamyoni, moliyachisi ekan, deb gapirayapti”, deb ochiq aytgan edi. Sudyalar esa, oshkora tarzda “Beknazarov bizni qo‘lbola qilib oldi”, deb norozlik bildirishayapti. Bundan tashqari Beknazarov o‘zining millatchi ekanini matbuotda tan olgan va hukumat odamiga yarashmaydigan darajadagi bayonotlar qilgan O‘sh meri Melis Mirzaqmatovning qo‘llab – quvvatlanishi Qirg‘iziston uchun tahdidlidir.

Jarrohlikda odam tanasining biron bir qismi yiringlab ketsa, o‘sha joy kesib tashlanadi. Menimcha, prezident O‘tunbayeva huquq-tartibot tuzilmalari rahbarlarini almashtirib, mana shunday jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi,- dedi To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev.
XS
SM
MD
LG