Линклар

Parijdagi Eyfel minorasiga bomba qo‘yilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Seshanba kuni bomba qo‘yilgani haqidagi xabarni olgan zahoti politsiya minora atrofidagi 2000dan ziyod kishini evakuatsiya qildi.

Shahar timsoliga aylangan Eyfel minorasiga bomba qo‘yilgani haqidagi xabar paydo bo‘lgach, minora maxsus politsiya zobitlari va izquvar itlar tomonidan sinchiklab tekshirildi.

Eyfel minorasida hech qanday bomba topilmaganidan keyin noma‘lum kishi yana telefon qilib, minoraga bomba qo‘yilgani haqidagi yangi xabarni berdi.

Bu habarni ham tekshirgan politsiya minoraga xavf soluvchi portlovchi uskuna yo‘qligini bildirdi.
XS
SM
MD
LG