Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:07

JHHQ: "Azimjon Asqarov ishi adolat ustidan kulishdir"


Ҳуқуқ ҳимоячиси Азимжон Асқаровга бир умрлик қамоқ жазоси сўралмоқда.
Ҳуқуқ ҳимоячиси Азимжон Асқаровга бир умрлик қамоқ жазоси сўралмоқда.

Nyu Yorkdagi Jurnalistlar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (JHHQ) Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayevaga maxsus maktub bilan chiqib, chorshanba kuni sud hukmi o‘qilishi kutilayotgan qamoqdagi o‘zbek jurnalistlari Azimjon Asqarov va Ulug‘bek Abdusalomovlar taqdiridan xavotir bildirdi.


Ekstremizm, separatizm va militsiya xodimini o‘ldirishda ishtirok etganlikda ayblanayotgan bu ikki jurnalist tergov paytida qiynoqlarga solingani ta‘kidlangan maktubda Ulug‘bek Abdusalomov va Azimjon Asqarovlar kasbiy faoliyati uchun tazyiq va tuhmat bilan yuzma-yuz qolgani ham aytiladi.

Qo‘mita o‘tkazgan mustaqil tekshiruvga ko‘ra, har ikkala jurnalistga qo‘yilayotgan ayblovlar hech qanday asosga ega emas.
Qirg‘izistonda sud qilinayotgan taniqli inson huquqlari faoli, "Vozdux" tashkiloti rahbari Azimjon Asqarov umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


15 sentabr kuni Ulug‘bek Abdusalomov va Azimjon Asqarovlar ustidan mahkama hukmi o‘qilishi kutilmoqda.

Bu mahkamani "Adolat ustidan kulish", deb atagan qo‘mita Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayevadan mahkama jarayoniga diqqat qaratishni so‘radi.

Asosan militsiya xodimlaridan iborat bo‘lgan guvohlar ko‘rsatmalariga tayangan holda, davlat qoralovchisi mamlakat janubida iyun oyidagi qonli voqealarni uyushtirganlik va qotilliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan huquq faoli Asqarovning mol-mulkini musodara qilish hamda uni umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so‘radi.

Novken tuman sudida bo‘layotgan mahkamada davlat qoralovchisi Azimjon Asqarov bilan birga ayni jinoyatlarda ayblanayotgan yana 4 kishiga ham umrbod qamoq jazosini so‘radi.

Ayni paytda huquq faoli o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni to‘liq inkor qilib, qonunga zid biror bir hatti-harakat sodir etmaganini aytmoqda.

Azimjon Asqarov bundan avvalgi sud mahkamalarida o‘z faoliyati davomida militsiya xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy hatti-harakatlarni fosh qilib kelgani, qiynoqlarga qarshi kurashgani uchun ham 2006 yildan beri ichki ishlar xodimlari unga qarshi tish qayrab kelayotganini aytdi. Azimjon Asqarovga ko‘ra, unga qarshi ochilgan jinoyat ishi soxta va buni militsiyaning huquq himoyachisidan o‘ch olishi sifatida baholash mumkin.
XS
SM
MD
LG