Линклар

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovga ko‘ra, 2006 yildan beri “Amerika ovozi” radiosi muxbiri bo‘lib ishlayotgan Abdumalik Boboyevga tuhmat va jamoatchilik xavfsizligiga tahdid soluvchi axborotlarni tarqatganlik aybi qo‘yilmoqda. Agar u mazkur moddalar bo‘yicha aybdor, deb topilsa, besh yilgacha ozotdlikdan mahrum etilishi mumkin.

Huquq himoyachisiga ko‘ra, Boboyevga tuhmat, haqorat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallar tayorlash yoki tarqatish, shuningdek, chegarani noqonuniy kesib o‘tganlik ayblari qo‘yilgan.

Sur‘at Ikromov Toshkent prokuraturasi jurnalist Abdumalik Boboyev hamda uning himoyachisiga tergov bo‘limining ayblov xulosasini bermaganini aytdi.

Toshkent shahar prokuraturasi Boboyevdan Toshkent shaharini tark etmaslik o‘g‘risidagi tilxatni ham imzolatib olgan.
XS
SM
MD
LG