Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:28

Obama AQSh bolalarining sevimli yozuvchisi


AQSh prezidenti Barak Obamaning "Seni tarannum qilaman: Qizlarimga maktub" degan kitobi sotuvga chiqmasidanoq haridortalab bo‘ldi.

Kitob uchun rekord sonda buyurtma olindi deb ma‘lum qildi 16 sentyabr kuni "Rendom haus" nashriyoti.

Bundan tashqari Barak Obamaning hali sotuvga chiqmagan kitobi Internetdagi Amazon kitob do‘konidagi eng haridorgir 25 kitob ro‘yhatining boshiga chiqdi.

Kitobning noyabr oyida yarim million adadda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. "Rendom haus" nashriyoti kerak bo‘lsa yana chop qilamiz deb bildirdi.

Kitob muqovasida prezidentning Maliya va Sasha ismli qizlari Bo laqabli ko‘ppak bilan aks ettirilganiga qaramasdan Obama oilasi kitob tijoratida ishtirok qilmaydi dedi AQSh prezidenti matbuot kotibi Ribert Gibbs chorshanba kuni Oq uyda o‘tgan brifing chog‘ida

Obamaning bu kitobi navqiron amerikaliklarga atalgan¸bundan oldin Nobel sovrindori Obama "Keskin umid" va "Otamning orzusi" degan kitoblarni kattalar uchun chop qildirgan edi.
XS
SM
MD
LG