Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:19

Maxfiylikni buzgan Google'chi ishdan haydaldi


Bugungi kunda Google kompaniyasining internetda burnini suqmagan web-site yoki internet xizmat qolmagan bo‘lsa kerak. Googleni maxfiylik qonun-qoidalariga ishonib uning qo‘llanuvchilari unga juda ham ko‘p shaxsiy ma‘lumotlarini berishadi. Bu qanchalik havfsiz? Google'da yaqinda bo‘lgan voqea bu savolga javob beradi.


Kompaniyaning maxfiylikni yuqori darajada targ‘ib qilishiga qaramasdan, 20 ming ishchisi ichida "podani bulg‘aydigan" bitta "chichqoq buzoq" borligi bilinib qoldi.

Googlening 27 yoshlik dasturchisi (programist) Devid Berksdeyl bir necha oy mobaynida Gmail va Google Voice xizmatlarining qo‘llanuvchilari orqasidan shpionlik qilib kelgan va Googledagi boshqalarda tegishli shaxsiy malumotlarini kuzatib va o‘zgartirib kelgan. Kuni kecha Google buni rasman tasdiqladi va yosh dasturchini ishdan bo‘shatdi.

Devid Berksdeyl qancha odamning orqasidan tushgani nomalum. Bugungi kunda uning to‘rtta shpionlik harakati aniqlangan holos. Qurbonlardan biri uning 15 yoshlik do‘sti. U yangi sevgisini ismini Deviddan yashirgan. Devid bo‘lsa qizning ismini izlab do‘stining Google Voice xizmatidagi shaxsiy ma‘lumotlarini o‘qigan. Ikkinchi qurbon esa Devidga Gmail pochta hizmatida blok qo‘ygan. Devid ishxonasidan turib u insonning Gmail pochtasiga kirib blokni olib qo‘ygan.

Devid Berksdeyl Google kompaniyasida Site Reliability Engineer (SRE) lavozimida ishlar edi. Bu toifa dasturchilari Google tizimida "tanlangan dasturchilar", deb hisoblanadi va Google xizmatlaridan go‘llanuvchilarning ko‘p shaxsiy ma‘lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘lishadi.

Bundan xulosa, internetda shaxsiy ma‘lumotlarni 100 foiz maxfiy saqlaydigan kompaniyaning yoki xizmatning o‘zi yo‘k. Internet kompaniyalarning qonun-qoidalari 100 foiz maxfiylikni targ‘ib etsada, Devid Berksdeylga o‘xshagan "chichqoq buzoq"lardan hech kim kafolatlangan emas.
XS
SM
MD
LG