Линклар

logo-print
13 sentabr kuni Moskva viloyatining Lyubertsi tumaniga qarashli Kotelniki shahri yaqinida andijonlik Mirodil Fozilovning jasadi topildi.

O‘zbekiston fuqarosining o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini olib borayotgan tergovchi bularni ma‘lum qildi.

- U "Belaya dacha" mikrorayonida joylashgan o‘rmon hududida boshi yorilgan, kaltaklangan holatda topildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Hodisaning bir nechta versiyasi tekshirilyapti, dedi o‘zini Yuriy deb tanishtirgan ichki ishlar xodimi.

Tergovchi Fozilovni qirg‘iz millatiga mansub shaxslar mashinaga solib ketganini ko‘rgan guvohlar borligini qo‘shimcha qildi.

15 sentabr kuni Fozilovning jasadi Domodedovo aeroportidan O‘zbekistonga jo‘natildi, deya ma‘lum qildi uning yaqinlaridan biri.

50 yoshli andijonlik Mirodil Fozilov to‘rt farzandning otasi edi.
XS
SM
MD
LG