Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:52

Twitter yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi


Dunyoga mashhur bo‘lib ketgan va millionlab qo‘llanuvchilari bor Twitter xizmatining asoschilari Baz Stoun va Evan Vilyams kuni kecha bu internet xizmatining yangi interfeysini (sayt ko‘rinishi) rasmiy tarzda ommaga taqdim etdilar.

Twitterning interfeysi borasida anchadan beri bahslar bo‘lib kelayotgan edi. Ko‘pchilikning fikricha, Twitterning hozirgi ko‘rinishi juda ham eskirgan. Lekin boshqacha fikrdagilar ham oz emas. Ularning aytishicha, Twitterning o‘zgarmasligi va bitta maqsad uchun ishlashi uni boshqa ijtimoiy tarmoqlardan va mikroblogging xizmatlaridan ajratib turadi.

Twitterning yangi ko‘rinishiga atab tayyorlangan video-klipni tamosha qiling.



Twitter mikrobogging xizmati dunyo bo‘yicha mashhur bo‘lib turgan bir vaqtda, O‘zbekiston internet qo‘llanuvchilari undan kam hollarda qo‘llanishadi. Markaziy Osiyoda, bugungi kunda, ikkita davlatda - Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Twitter hizmati keng tarqalgan.

Uni boshqa mikroblogging saytlaridan ajratib turadigan narsa bu ma‘lumotni qisqa va tez ravishda berish. Twitterda bitta ma‘lumot bir SMS singari 140 belgiga ega. Shuning uchun ham qo‘llanuvchilarning katta qismi Twitterga mobil telefon orqali kirishadi.

"Twitter" so‘zi ingliz tilidan "chig‘illaydigan" degan ma‘noni anglatadi. Twitterchilarning ko‘pligi va ular twitlarni (140 belgigacha bo‘lgan ma‘lumotlarni) chumchuqlar to‘dasi kabi ko‘p miqdorda va tez chig‘illashi, ya‘ni yozishi uchun shunday atalgan. Shuning uchun ham uning logosida chumchuqning surati aks ettirilgan.
XS
SM
MD
LG