Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:16

"Bir kunda aks ettirilgan hayot" video-loyihasi


Dunyoga mashxur va ayrim so‘z erkinligi cheklargan mamlakatlarda man etilgan YouTube internet video-xizmati kuni kecha navbatdagi loyihasini ishga tushirdi.

Yilning boshida AQShlik kinorejisyor Kevin Makdoland va prodyuser Ridli Skotlar YouTube qo‘llanuvchilariga murojaat qilib, o‘zlarining hayotidan bir kunlik epizodini filmga tushirishni va YouTube xizmatiga yuklashni so‘rashgan edi. Bir kun deb 2010 yilning 24 iyuli tanlangan. Filmga faqat bitta cheklanish bor edi holos - film 10 daqiqadan uzun bo‘lmasligi kerak.

Bu loyiha bo‘yicha YouTube xizmatiga yuklangan videolarning soni 80 mingdan oshib ketdi. Loyiha asoschilarini aytishicha, bu videolarning eng yaxshilari tanlab olinib, ulardan to‘liq metrajlik film yasaladi.

To‘liq metrajlik film 2011 yil Sundance kinofestivalida ommaga taqdim etiladi, deyishadi loyiha asoschilari.

Bu video loyiha "crowdsoursing", ya‘ni ommadan bir yo‘nalish bo‘yicha ma‘lumot to‘plashning eng yorqin misollaridan biri.

Quyida esa bu loyiha bo‘yicha qo‘yilgan videolarning eng qiziqlaridan bir nechtasi.

XS
SM
MD
LG