Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:21

Internetda reklamaga kim ko‘p harajat qiladi?


Ad Age korxonasi Google kompaniyasining reklamadan tushadigan daromadiga oid ichki xujjatlaridan birini qo‘lga kiritdi. Bu xujjatda 2010 yil iyun oyida Googlening AdWords reklama xizmatidan kim eng ko‘p foydalangani va unga qancha pul to‘lagani ko‘rsatilgan.

AdWords reklama xizmati Googlega eng ko‘p daromad keltiradigan xizmat. Googleda izlaganda saytlari birinchi chiqishi uchun kompaniyalar millionlab pul sarflashadi.
Bu xujjatga ko‘ra, Google AdWords reklamasining eng yirik xaridorlari AT&T mobility, Amazon, eBay va BP kompaniyalari bo‘lgan. Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi har yili reklama uchun katta harajatlarni ajratadi. BP (British Petroleum) energetika kompaniyasining bu ro‘yhatga qo‘shilishi ko‘pchilikni taajjublantirdi. BP kompaniyasining to‘satdan reklamaga ko‘p harajat qilishi, uning Meksika ko‘rfazidagi neft chiqaruvchi platformasidan neftni dengizda oqib chiqishi bo‘lgan. Iyun oyida BP reklamaga 3,59 million AQSh dollari sarflagan. Solishtiradigan bo‘lsak, undan oldingi ikki oy ichida BPning reklama harajati 59 ming dollarni tashkil qilgan holos.

Iyun oyida Googledagi reklamaga eng ko‘p pul sarflagan kompaniya AT&T mobility bo‘ldi, deyiladi xujjatda. U iPhone 4ning chiqganini reklama qilish uchun 8,08 million AQSh dollari sarflagan.

Xujjatda ko‘rsatilgan boshqa kompaniyarling ro‘yhati va ularning reklamaga harajati bilan tanishing:

  • Apollo Group (University of Phoenix) — 6,67 million AQSh dollari;
  • Expedia — 5,95 million AQSh dollari;
  • Amazon — 5,85 million AQSh dollari;
  • eBay — 4,25 million AQSh dollari;
  • Hotels.com — 3,30 million AQSh dollari;
  • JC Penney — 2,46 million AQSh dollari;
  • Living Social — 2,29 million AQSh dollari;
  • ADT Security — 2,19 million AQSh dollari.
XS
SM
MD
LG