Линклар

O‘zgandagi reyd paytida ellikboshining qovurg‘asi sindi


Qirg‘iz xavfsizlik kuchlari O‘zganda qurol qidirayotib, mahalliy oqsoqollardan birining qovurg‘asini sindirdi.

Qirg‘iz xavfsizlik kuchlari O‘zganda qurol qidirayotib, mahalliy oqsoqollardan birining qovurg‘asini sindirdi.

15 sentyabr kuni O‘sh viloyat Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zgan tumanida noqonuniy saqlanayotgan qurollarni musodara qilish bo‘yicha maxsus amaliyot payti Toshloq mavzesi fuqarolari yig‘ini raisi va bir qancha odamni yerga yotqizib kaltaklagan. Voqea paytida qovurg‘asi singan Mirzajon aka To‘qsonboyev bilan suhbatlashdik.

Suhbat audiosini eshiting:



- Uchastkada yer soliqlarini to‘plab yurgan edim. Nalogni to‘plab yurgan mahalimizda, bittasidan yer solig‘ini olayotgan paytimda soldatlar maska bilan keldi. yot-yot-yot deb do‘pposlab urib ketishdi. Yotgunimizcha bir-ikki tepib, urdi. “Men kvartkomman” deganimga quloq solmasdan yotgandan keyin ham tepdi. Shu bilan shu yerda yarim soatdan oshiqroq yotdik. Bizni bir-birimizga qaratmadiyam.

Ozodlik: Nimaga kelishgan ekan ular?

- “Bu yerda bir qurolli odam yurgan ekan. Shuni ko‘rdinglarmi?”, deb so‘radi. “Biz ko‘rmadik”, dedik. Keyin odam ko‘payib ketdi. Shu yerda Dilmurod degan bolaning uyiga kirib, tintuv qilishib, biz yerda yotaverdik. Nima qildi, nima qo‘ydi biz bilmadik. Keyin odam ko‘payib ketdi.

Ozodlik: Sizlarni nimaga yotqizishdi?

- El ko‘paygandan keyin bizni turg‘azib yubordi.

Ozodlik: Sizlarni nimaga yotqizishdi?

- Bilmayman nimaga yotqizganini. Bu yoqda 6-7 kishini, nariyoqda to‘rt kishini yotqizib qo‘ydi. Ular keyin nima qildi, nima qo‘ydi bilmaymiz. Keyin el to‘planib ketdi. Mening biqinim og‘rigani bo‘yicha keyin men ularga yeta olmay ham qoldim.

Ozodlik: Sizga shikast yetkazishdimi ular?

- Menga “yot-yot” deb turib bir-ikki urdi avtomat qo‘ndoqlari bilan. Mening qovurg‘am singan ekan. O‘sha yerda qimirlay olmay yotib qoldim. Undan keyin turdim haligi qiziqish mahalda. Mashinaga minay desam, g‘ichir-g‘ichir qildi. Keyin doktorga kelib rentgenga tushdim. Doktor “qovurg‘angiz sinib qolibdi”, dedi. Shunga bolnitsaga yotdim keyin.

Ozodlik: Sizga nisbatan kuch qo‘llagan odamning ustidan militsiyaga murojaat qildingizmi?

- Hozir mana bu yerda kelib turibdi organ xodimlari. Shular yozayapti hozir.

Ozodlik: Ya‘ni bu yuzadan qandaydir ish borayapti-a?

Ha. Hozir organ xodimlari ham mendan kuch qo‘llagan odam haqida so‘rayapti. Ular hozir mendan ariza olishmoqchi.

Ozodlik: Kecha olomon nima uchun yig‘ildi?

- Ular ko‘ringanni uraveribdida nariyoqda. Ustalarni ham uribdi. Uyida g‘isht quyayotganlarni ham uraveribdi. Qo‘ni-qo‘shnilar ko‘rib keyin ko‘payib ketibdida odamlar.

Ozodlik: Hozir ahvol qanday? Tinchib qoldimi?

- El bezovta baribir.
XS
SM
MD
LG