Линклар

O‘quvchilarga ro‘mol o‘rash mutlaqo taqiqlandi


O‘zbekistonda o‘quvchi qizaloqlarning ro‘mollarini maktab ostonasida yechib olishga militsiya xodimlaridan soqchilar qo‘yild

O‘zbekistonda o‘quvchi qizaloqlarning ro‘mollarini maktab ostonasida yechib olishga militsiya xodimlaridan soqchilar qo‘yild

Toshkent shahridagi maktab oqituvchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Toshkent shahar hokimiyatidan ko‘rsatma berilgan. Muslima qizlarning ota-onalari maktablar ostonasiga qo‘yilgan militsionerlar qizlaridan maktab hudududiga 20 metr qolganda ro‘molni butkul yechish talab qilinayotganini aytmoqda.

Maqolaning audiosini eshiting:



Ozodlik bilan ismi sir qolishi sharti bilan gapirgan onaxon nabirasi Toshkent shahridagi 40 maktabda tahsil olishini va aslida, ro‘molli o‘quvchilarga tazyiq 2 yildan beri davom etib kelayotgani aytadi.

- Orqasidan o‘rashni ham umuman taqiqlashayapti. Orqasidan o‘rashga bultur ruxsat bor edi. Bu yil umuman ro‘mol ko‘rinmasin deyishayapti. Frantsiyada niqobni taqiqladi. Bizlarda esa to‘liq ro‘mol o‘rash taqiqlanayapti. Hatto, ba‘zilar kattayu kichik o‘ranganni ko‘chada ko‘rib qolishsa, 3 minimal oklad shtraf solisharmish, deyishayapti. Men o‘zim ularga ro‘para bo‘lganim yo‘qku, lekin bolalar juda qiynalishyapti, deydi ismi sir qolishini istagan onaxon.

Ya‘ni shu vaqtga qadar ro‘molni bo‘yni orqasidan o‘rab, bir amallab darsga borib turgan qizaloqlar endi shu imkondan ham mosuvo bo‘ldilar.

Maktab mutasaddilari ro‘molli qizlarning o‘qish smenasi yaqinlashgan kezda maktab ostonasiga qo‘riqchi qo‘yib, ularning yo‘lini poylagani bois, o‘quvchi qizlar ro‘molini yechmaslik uchun ikki soat oldin maktabga borishga majbur bo‘lmoqda, deydi yana suhbatdoshimiz.

Yana bir suhbatdoshimizning qizi esa, shahardagi 81-maktabda o‘qiydi. Uni o‘quv yili boshidayoq ro‘molnii yechishni istamagani uchun maktab ostonasidan quvishgan. Agar ruxsat berishsa, orqadan o‘rab maktabga boraridi, deydi suhbatdoshimiz.

Toshkentlik muslima o‘quvchi qizlarning ota-onalariga va ayrib o‘qituvchilarga ko‘ra, bu qadar keskin taqiq shahar hokimiyatining buyrug‘i asosida joriy etilgan. Lekin respublika Xalq ta‘limi vazirligi mutasaddilari bu vaziyatga izoh berishni istmadi. Poytaxtdagi bir necha maktab ma‘murlari ham Ozodlik muxbirining bu boradagi murojaatlariga javob berishdan bosh tortdi.

Ro‘mol o‘ragan nabirasi shu maktabda o‘qiydigan toshkentlik onaxon qizaloqlarga nisbatan bu qadar keskinlashayotgan munosabatni ko‘rib, mo‘mina qizlarga yuragi tuz sepgandek achishini aytadi.

- Yosh bolalarga juda uvol bo‘lib ketdi. Masalan bizlar ularni “o‘rangin” deb majburlamaymiz. Ularning o‘zlari xohlab o‘rangan. “Shunaqa qiynalsang, yechaver” desak, “Yo‘q” deydi. Uje o‘rganganda. Hozir yashash juda azob bo‘lib qoldi bizlarning bolalarga. Ayniqsa otasi qamalgan bolalarga juda qiyin, deydi nabirasi ro‘mol o‘ragani uchun maktabda ta‘qibga uchrayotgan onaxon.

Darslardan qolib ketmaslik uchun berkinib-qimtinib, maktab ostonasini hatlayotgan muslima qizlarning bir tashvshi boshidagi ro‘molini saqlash bo‘lsa, yana bir ulkan tashvishi e‘tiqodi uchun yillab qamoqda, ba‘zi hollarda qiynoqlar ostida saqlanayotgan otalaridan ayriliqdagi xo‘rlik azobidir.

Suhbatdoshimiz ismini oshkor etmasligimizni so‘ragani boisi ham aslida shunda — ro‘molni yechishni istamagan qizaloqning dadasi mana bir necha oydirki, zona ichida turib, daragi chiqmayotganida...

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG