Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:03

29 qochqinning O‘zbekistonga qaytarilishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda


Piketchilar “O‘zbekiston qiynoqlar mamlakati”, “Deportatsiyani to‘xtating” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqdi.
Piketchilar “O‘zbekiston qiynoqlar mamlakati”, “Deportatsiyani to‘xtating” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqdi.
17 sentabr kuni Ukraina, Shveytsariya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Chexiya, Hollandiya va Qo‘shma Shtatlardagi Qozog‘iston elchixonalari oldida Olmaotadagi hibsxonada saqlanayotgan 29 nafar o‘zbek qochqinining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda. Pragadagi namoyishni muxbirimiz kuzatdi.

Juma kuni Yevropaning bir qator poytaxtlaridagi Qozog‘iston elchixonalari oldida Olmaotadagi o‘zbek qochiqnlarining ekstraditsiya qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Pragadagi Qozog‘iston elchixonasi oldida “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan piketda o‘ndan ortiq odam ishtirok etdi.

Namoyishchilar “O‘zbekiston qiynoqlar mamlakati”, “Deportatsiyani to‘xtating” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqdi.

Bu kabi namoyishlarning 17 sentabr kuni Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Germaniya, Hollandiya va Qo‘shma Shtatlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olmaotadagi hibsxonada saqlanayotgan o‘zbekistonlik 29 qochqin iyun oyida hibsga olingan va Qozog‘iston rasmiylari ularni qochqinlik maqomidan mahrum etib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqida qaror qabul qilgan.

Shu paytgacha ularga advokatlari bilan uchrashishga ruhsat berilmay kelayotgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, payshanba kuni qochqinlarning ba‘zilari bilan advokatlar uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda ularni estraditsiya qilish haqidagi qaror yuzasidan Qozog‘iston sudiga shikoyat arizasi tayyorlanmoqda.

Bu 29 qochqin O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra, hibsga olingani aytilomqda. Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekiston ularni og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblayotganini ta‘kidlamoqda.

Qochqinlarning o‘zlari O‘zbekistonda diniiy e‘tiqodlari tufayli ta‘qibga uchragani bois mamlakatni tark etganini aytmoqda. Ular o‘zlariga ilgari surilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Olmaotadagi qochqinlarga oid vaziyat yuzasidan izoh berishdan bosh tortmoqda.
XS
SM
MD
LG