Линклар

16 sentyabr kechki soat 19:30larda Moskvaning Xovrino tumanidagi Dibenko ko‘chasida 40-qa yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mushtlashuv natijasida bir kishi og‘ir jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Janjal qolgan ishtirokchilari militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi va “Xovrino” Ichki ishlar bo‘limiga keltirildi.

“Xovrino” IIBsidan olingan so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvda ishtirok etganlar Shimoliy okrug bo‘yicha Federal migratsiya xizmati xodimlariga topshirilgan.

O‘zbekistonliklar mahalliy qurilish shirkatlaridan biriga tegishli ob‘ektda ishlagani aytilmoqda.

Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG