Линклар

logo-print
Chexiya xukumatiga tegishli Shaxsiy ma‘lumotni saqlash tashkiloti (UOOU) yana bir bor Google kompaniyasiga Chexiya ko‘chalarini suratga tortishni taqiqladi. Eslatib o‘tamiz, Google katta shaharlarning ko‘chalarini o‘zining Street View xizmati uchun suratga oladi. Bu xizmatdan foydalangan inson Google suratga olgan shaharlarning ko‘chalarini va avtomagistrallarini panorama shaklida internet orqali ko‘rishi mumkin.

2009 yili Google kompaniyasi Praga, Olomouts, Cheski-Krumlov va Brno shaharlarining xaritalarini Street View xizmatiga tayyorlagan edi. Ammo Google ko‘chalarni suratga olish bilan birga xavfsizligi past internet kanallari bo‘yicha ham ma‘lumot to‘plagan. Lekin Google bu ma‘lumotlarni yo‘q qilishga va‘da bergan edi. Ular yo‘q qilinmas ekan, Googlega Chexiya ko‘chalarini suratga olishga ruhsat berilmasa kerak.

O‘tgan yili UOOU tashkiloti Googlega xuddi shunday taqiq qo‘ygan edi. Unda UOOU Googledan Street View xizmatidagi suratlarda saqlanib qolgan chexiyalik odamlarning suratlari, avtomobillarning raqamlari va boshqa shaxsiy malumotlarni o‘chirib tashlashni so‘ragan.

Xuddi shunday bahsni Germaniyada shaxsiy ma‘lumotlarni saqlash tashkiloti AHR Google kompaniyasi bilan olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG