Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:42

Islom Karimov G‘arbga safar qilmoqda



O‘zbekiston milliy axborot agenligi xabariga ko‘ra, BMTning Mingyilik rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan sammitida qatnashish uchun Nyu Yorkka yo‘l olgan prezident Islom Karimov 19 sentyabr kuni Britaniya poytaxtida to‘xtab o‘tgan.

O‘zbekiston rahbari Londonda “Britaniya-O‘zbekiston” jamiyati raisi, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston va Britaniya kengashi hamraisi Xartli But va “Britaniya-O‘zbekiston parlament guruhi raisi Jon Veyverli bilan uchrashgan.

20 sentyabr kuni Nyu Yorkda BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti boshlanadi.

Yig‘ilishda qashshoqlik, ochlik, yuqumli kasalliklar va boshqa xastaliklarni kamaytirish bo‘yicha 2000 yilda BMT tomonidan 2015 yilga qadar belgilangan rejalar qanday bajarilayotgani muhokama etiladi.

BMT anjumanida O‘zbekiston rahbarining nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Islom Karimov so‘nggi 10 yil davomida birinchi marta BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida qatnashmoqda.

Karimov Nyu Yorkka BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun taklifiga binoan jo‘nab ketgan.

Ayrim axborot vositalarida (www.uzmetronom.com) O‘zbekiston rahbarini AQSh prezidenti Barak Obama qabul qilishi mumkinligi bildirilgan.
XS
SM
MD
LG