Линклар

logo-print

Karimov BMT Bosh Assambleyasida nutq so`zladi


Islom Karimov O`sh qirg`ini yuzasidan xalqaro tergov o`tkazish va mas`ullarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Islom Karimov O`sh qirg`ini yuzasidan xalqaro tergov o`tkazish va mas`ullarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish masalalariga bag`ishlangan sammitida nutq so`zlab, Markaziy Osiyo uchun dolzarb bo`lib turgan masalalar, xususan Qirg`izistonda ro`y bergan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o`tkazishga chaqirdi.

Prezdent nutqining audiosini eshiting:


O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish masalalariga bag`ishlangan sammitida nutq so`zladi.

Keyingi 10 yilda BMT Bosh Assambleyasida ilk bor ishtirok etayotgan prezident Karimov o`z nutqida Markaziy Osiyo mintaqsi uchun dolzarb bo`lib turgan masalalar, jumladan, Afg`oniston urushi, Qirg`izistonda ro`y bergan voqealar, mintaqadagi suv zaxiralaridan foydalanish bilan bog`liq mojaro kabi masalalarga to`xtaldi.

Qirg`izistondagi bo`hron haqida gapirgan prezident Karimov, mamlakat janubida ro`y bergan xunrezliklar yuzasidan xalqaro tekshiruv o`tkazish va ommaviy qirg`in uchun mas`ullarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Islom Karimov shuningdek, O`zbekiston jahon moliyaviy bo`hroniga qaramasdan, mamlakat iqtisodi izchil o`sishda davom etayotganini ta`kidladi.

Mahaliy va xalqaro iqtisodchilar, O`zbekiston rasmiylari berayotgan ma`lumotlarni shubha ostiga olib keladi.

O`zbekiston rahbari o`z mamlakati rivojlanayotgani haqida gapirar ekan, hukumat ta`lim masalalariga alohida e`tibor qaratayotgani, xususan bu sohaga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 11-12 foizi sarflanayotgani va ta`lim tizimida islohotlar amalga oshirilgani qayd etdi.

Ayni paytda, mamlakat viloyatlarida o`quv yurtalri yopilib talaba va o`quvchilar ommaviy tarzda paxta dalalariga haydalgani Karimov nutqida aks etmadi.

BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish masalalariga bag`ishlangan sammiti 22 sentbrgacha davom etadi.

Ba`zi kuzatuvchilar Karimovning AQSh Prezidenti Barak Obama tomonidan qabul qilinishi ehtimollari borligini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG