Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:17

O`zbekistonda toponomik nomlanish


"Bunyodkor"ga do`ngan "Xalqlar do`stligi" metro bekati.
"Bunyodkor"ga do`ngan "Xalqlar do`stligi" metro bekati.

O`zbekiston parlamentida “Geografik ob`ektlarni nomlash to`g`risidagi” qonun loyihasi muhokama qilinayapti. Ayni hujjat orqali O`zbekiston toponimikasini mukammalashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish rejalashtirilgan. Xo`sh, bugungi kunda mamlakatda mafkura va siyosat vositasi bo`lgan toponimika qay ko`rinishda?


Maqolaning audisini eshiting:


29 avgust kuni o`zbek senatorlari Farg`ona viloyati Oxunboboyev tumani nomini Qo`shtepa, deb o`zgartirish haqida qaror qildi.

So`nggi yillarda Toshkent shahrida ham ko`plab ob`ektlar nomlari o`zgartirildi.

Masalan, shahardagi “Mirzo Ulug`bek” istirohat bog`ining nomi o`zgartirilib, “G`ofur G`ulom” deb nomlandi.

“Xalqlar do`stligi” saroyi “Istiqlol”ga va shu nomdagi metro bekati esa "Bunyodkor"ga o`zgartirildi.

“Maksim Gorkiy” nomidagi metro “Buyuk ipak yo`li” nomini oldi.

Filologiya fanlari nomzodi, tilshunos olim Baxtiyor Isabekovga ko`ra, O`zbekistonda o`tgan asrning 90-yillarida joy nomlarini o`zgartirishda tarixiy nomlarni qaytarishga alohida e`tibor qaratilgan.

Lekin, deydi tilshunos olim, bugungi kunda o`zbek madaniyati, O`zbekiston tarixiga aloqasi bo`lmagan joy nomlari ham saqlanib qolgan.

- Toshkentdagi yirik ko`cha nomlaridan Lenin, Frunze, Kuybishev degan nomlar olindi, yaqinda Maksim Gorkiy ham olindi, lekin rus adabiëtida ulug` bo`lgan Pushkinga haykallar qo`yilib, O`zbekistonning markazidagi yirik manzillar o`shaning nomi bilan atalishi borda. Bu holatlar izohsiz. Mana “Kosmonavtlar” degan bekat ëki bo`lmasa Shota Rustavyeli, Shevchenkolarning bo`lishi. Rus sovyet tizimi orqali kirgan shunaqa nomlarning bizga ëtligi ko`rinib turadida. Yangi shahar ëki bo`lmasa Toshkentning Anhoridan o`ng tomonida ko`p joylarda hamon eski nomlar saqlangan. Mana shunaqa narsalarning o`tmish asorati Toshkent shahrida hali ham yaqqol ko`rinib turadi, deydi Baxtiyor Isabekov.

Toshkent shahar hokimligi toponim komissiyasi a`zolaridan biri ismini oshkor etmaslik sharti bilan “Ozodlik”ka bergan suhbatida, bugungi kunda sovyet mafkurasiga xizmat qilgan Fayzulla Xo`jayev, Yo`ldosh Oxunboboyev singari tarixiy shaxslarga siyosiy tus berilib, ular nomi bilan atalgan ob`ektlarni qayta nomlash jarayoni ketmoqda, deya ma`lum qildi.

Ba`zi xabarlarga ko`ra, Toshkentdagi “Hamza” va “Sobir Rahimov” tumanlariga ham yaqin orada yangi nomlar berilishi mumkin.

Baxtiyor Isabekov Sovyet davridagi ayrim rahbarlar nomiga qo`yilgan ob`ektlarning qayta nomlanishini qo`llab-quvvatlaydi.

- Bizning tariximizda mavqei, roli noma`lum bo`lgan kishilar nomiga qo`yilgan har qanday joyni, mening o`zimning shaxsiy fikrim, o`zgartirish tarafdoriman. Masalan, aytaylik Oxunboboyevning o`zbek davlatchiligidan tortib ma`naviyatida, boshqada o`ynagan mavqei degan narsaning o`zi bo`lmaydigan narsa. Oxunboboyevning kimligi, uning bizning millatimiz tarixida tutgan o`rni masalasi Sovyet davrida faqat bo`rtib ko`rsatilgan narsa edi. Men Oxuboboyevning millatga qilgan ta`siri, millatga keltirgan foydasi, degan narsada biror-bir misol ayta olmayman. Shuning uchun Oxunboboyevni va shunga o`xshagan qator nimalar bor, Sovyet hukumatiga xizmat qilgan odamlar. Hatto men Usmon Yusupovmi, Sharof Rashidovmi – bularning hammasini sovyet hukumatiga xizmat qilgan odam sifatida bilish kerak degan fikrdaman, deydi Baxtiyor Isabekov.

Tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Is`hoqov esa tarixiy nomlardan butunlay voz kechishga qarshi ekanligini aytadi.

- Sovyet davrini iloji boricha hammasini qoralashga o`tishayapti. Lekin bu yerda sal tanlovli ëndashuv ham bo`layapti. O`tgan hafatda milliy bog`da Oybekka juda katta haykal ochildi. Shu kishining nomini qoldirishdi. G`afur G`ulomning nomi bor. Boshqa shoirlar, ëzuvchilarning nomini olib tashlashdi. Hatto jonini jabborga berib mehnat qilgan Usmon Yusupovning ham nomini olib tashlab, hozir Shayxontohur deb nomlashdi u ko`chani. Yaqinda Oxunboboyev nomini olib tashlashdi. Farg`ondagi Oxunboboyev tumani hozir Qo`shtepa rayoni deyiladi. Endi bunchalik qilish yaxshi emas. Sovyet davrida ëmonliklar ko`p bo`lganu, lekin tarozining pallasiga qo`yadigan bo`lsak, Sovyet davrida yaxshilik ko`proq bo`lganku ëmonlikdan ko`ra. Karimovning oxirgi asarida ham bor. Oybek, G`afur G`ulom va boshqa ko`pgina bizning yirik ëzuvchi, olimlarimizni maqtab o`tgan. Fenomen degan. Bularning hammasi sovyet davrida shakllanganku. Sovyet davrida ijod qilganku. Bunaqa qarama qarshiliklar O`zbekiston mafkurasida ko`p. Mafkuraning o`zi tom ma`noda yo`q. Shuning uchun mana shunaqa ëndashuvlar bo`layapti. Haqiqatan ham xalqim deb, mamlakatim deb, faoliyat olib borganlarning ko`pini nom-nishonsiz qilib yuborishayapti. Bu yaxshi emas. 19 asrda yashagan bir fransuz shoiri “Agar o`tmishga sen to`pponchada otsang, kelajak senga zambarakdan otadi” degan, deydi Fayzulla Is`hoqov.

O`zbekistonda joy nomlarining almashtirilishi ko`p holatlarda rahbar va amaldor shaxslarning ko`rsatmasi asosida bo`lishi sir emas. Masalan, Mirzo Ulug`bek bog`i G`afur G`ulom nomiga o`zgartirilishida shoirning o`sha paytda yuqori lavozimlarda ishlaydigan farzandlari xohishi inobatga olinganini aytishadi kuzatuvchilar.

Tilshunos olim Isabekov ham Toshkentdagi Xalqlar do`stligi saroyi va Mirzo Ulug`bek bog`ining qayta nomlanishi zamirida ma`lum doiradagi shaxslarning xohish-istaklari yashiringan degan fikrda.

- Birinchidan, Xalqlar Do`stligini o`zgartirishi menga ma`qul bo`lmadi. Birinchidan, bu nomlanishning o`zi yaxshi edi. Unda sovyetizm ham, rusifikatsiya ham ko`rinadigan narsa emas. Men shuning ënidagi Komsomol bekatining o`zgartirilganligini tushunaman. Lekin Xalqlar Do`stligining o`zgartirilishining asosini tushunganim yo`q. Bunaqa o`zgartirishlarning zaminida nima ëtishini anglash juda qiyinda. Bu qandaydir bir kishining irodasi, istagi bilan bo`ladigan narsaga o`xshab qoladi. Shuning uchun bunday o`zgarishlarni men asosli emas ëki asosi xalqqa tushuntirib berilmagan qatordagi toponimik o`zgartirishlarga kiritgan bo`lardim. Mirzo Ulug`bekni G`afur G`ulomga o`zgartirishda kishining shaxsiy munosabati ëtsa kerak. Buni hech qachon oqlagan bo`lmas edim. Mirzo Ulug`bek nomining ëyilishi, bizning ma`naviyatimiz tarixida o`ynagan roli, ularning mavqei nuqtai nazaridan kelib chiqilganda ham umuman Mirzo Ulug`bekni G`afur G`ulomga almashtirishning o`zi, komissiya qilib tarozining ikki pallasiga qo`yadigan bo`lsa, Mirzo Ulug`bek turgan pallaning u ëg`iga G`afur G`ulomni qo`yishning o`zi bir nojoiz bo`lgan holat, deydi Baxtiyor Isabekov.

Keyingi paytlarda nafaqat Toshkentda mamlakatning barcha viloyatlarida hamtoponimlar yangilanayotganini ham ko`rish mumkin.

Masalan, Samarqand shahridagi Xalqlar do`stligi mahallasi Baraka deb o`zgartirildi. Bulung`ur tumanidagi “Janjal” qishlog`i “Tinchlik”ga aylantirildi. “Qizil qo`shin” qishlog`i esa, “Guliston” deb nomlandi.
XS
SM
MD
LG