Линклар

- Harbiy amaliyot Eron masalasini hal etishning eng yaxshi usuli emas, -dedi AQSh prezidenti Barak Obama "CNBC" telekanali muxbiri bilan suhbati chog`ida.

Suhbat chog`ida Obama Vashington Eronning yadroviy dasturi atrofidagi masalani hali ham diplomatiya yo`li bilan hal etish niyatida ekanini qayd etdi.

Avvalroq qator amerikalik martabali harbiylar Eronga nisbatan harbiy amaliyotlar "Hamas" yoki "Xezbolla" kabi guruhlarni javob amallariga undab, mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishi haqda ogohlantirishgan edi.

AQSh va uning ittifoqchilari Eronni yadroviy qurol yaratishga harakat qilayotgani haqida gumonsirashadi. Joriy yilda BMT Xavfsizlik kengashi Tehronga nisbatan yana ham kuchliroq sanksiya qo`llash haqidagi rezolyutsiyani ma`qullagan edi.
XS
SM
MD
LG