Линклар

logo-print

Fransiyada terror xavfi bois politsiya oyoqqa turdi


Fransiyada terrorchilik hujumlari ehtimoli ortidan mamlakat xavfsizlik kuchlari yuqori darajada shay holatga keltirildi.

Xabarlarga ko`ra, Jazoir maxsus xizmatlari o`tgan haftada fransiyalik hamkasblarini mamlakatda hudkush hujumlar ehtimoli haqida ogohlantirgan.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bris Ortfyo tahdidlar haqida ma`lumot olinganini tasdiqladi, lekin buning tafsilotiga to`xtalmadi.

Yaqinda portlashlar haqidagi yolg`on ma`lumotlar bois Parijdagi "Eyfel" minorasi atrofidan sayyohlar evakuatsiya qilingan edi.
XS
SM
MD
LG