Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:36

Islom Karimov Ban Ki Mun bilan uchrashdi


O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Nyu Yorkda BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun bilan uchrashdi.

BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish masalalariga bag`ishlangan sammiti doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvda Qirg`iziston janubidagi qonli voqealarda bir milliondan ortiq odam o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgani, minglab oilalar boshpanasiz qolgani va Qirg`izistondagi millatlararo mojaroga oid muammolar muhokama etildi.

BMT bosh kotibi matbuot vakili e`lon qilgan bayonotga ko`ra, Islom Karimov va Ban Ki Mun Qirg`izistondagi gumanitar vaziyat, shuningdek, bu mamlakatda uzoq muddatli rivojlanish va barqarorlikni ta`minlashda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini qayd etgan.

O`zbekiston prezidenti va BMT bosh kotibi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikka aloqador masalalar jumladan, terrorchilik va narkotiklar noqonuniy savdosiga qarshi kurash masalalarini ham muhokama qilgan.

BMT bosh kotibining Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov bilan o`tkazgan alohida uchrashuvida ham tinchlik va xavfsizlik, Afg`onistondagi vaziyat hamda boshqa masalalar muhokama etilgan.
XS
SM
MD
LG