Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:34

Yilda bir kun avtomobilsiz?


Yo`g-e! Bizda avtomobilni orzu qilib, yetolmagan odam qancha-yu, bular bo`lsa yilning bir kunida avtomobil minishdan voz kechishadi...


22 sentabr - dunyo bo`ylab minglab shaharlarda havoning ifloslanishiga qarshi avtomobillardan holi kun sifatida nishonlanadi. Ko`pgina shaharlarda bugun haydovchilar "avtomobildan holi kun" aksiyasidan ko`zlangan maqsadni yaxshi tushunib, shaxsiy mashinalaridan foydalanmaydi.

Jahonning minglab shaharlarida bugun avtomobilsiz kun bilan bog`liq tadbirlar bo`lib o`tadi. Ushbu kunda avtomashina egalari to`rt g`ildirakli "do`sti"ni uyda qoldirib, ko`chaga piyoda yoki vyelosipedda harakatlanadilar.

Bundan maqsad - bir kun bo`lsa-da havoning zaharli gazlar bilan ortiqcha ifloslanishiga yo`l qo`ymaslik.

Yilda bir kunni avtomobillarsiz o`tkazish an`anasi dastlab Fransiyada 1998 yilda boshlangan. O`sha yili bir guruh ekologiya himoyachilari Parij ko`chalarida piyoda va vyelosipedlarda yurish qilgan edi.

Keyinchalik bu g`oyani Avstraliya, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko`pgina davlatlari aholisi qo`llab-quvvatladi. Hozirda Fransiyaning Parij, Braziliyaning Rio de-Janeyro va Yaponiyaning Yokoxama shaharlari dunyodagi avtomobillarga eng tiqilinch shaharlar hisoblanadi.

Avgust oyi boshlanishi bilan bunday shaharlarda keksa yoshdagilar orasida o`lim hollari ko`payadi. Mutaxassislar esa atmosferaning zaharli gazlar bilan ifloslanishini bunga asosiy omil sifatida ko`rishmoqda.

Ammo bunday ayanchli ahvolga qaramay, odamzodning avtomobillarga bo`lgan ishqi kamaymayapti. Ayniqsa sobiq Sovet Ittifoqi davlatrida. Lenta.ru axborot agentligini yozishicha, Moskva xukumatining shaharda bu kunda ommaviy transport vositalarini ko`paytirish va`dasiga qaramasdan, mana uch yildirki Moskva aholisi bu kunga e`tibor bermay keladi. O`zbekistonni va unga qo`shni davlatlarn oladigan bo`lsak, bizning aholi bu kun borligini bilmasa ham kerak.

Shu o`rinda ko`pchilik mutaxassislar avtomobil o`rnini kelajakda ekologik toza transport vositasi bo`lgan vyelosiped egallay oladi demoqda. Ayrim davlatlarda vyelosiped-taksi xizmati joriy etilgani bu fikrni tasdiqlar ham.

Biroq tezlik bobida hozircha avtomobil odam uchun eng qulay transport vositasi bo`lib qolmoqda.
XS
SM
MD
LG