Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:10

Siz tanlagan nik onlayn-jamoalarda band yoki bo‘sh ekanligini qanday bilsa bo‘ladi?


namechk.com sayti sizga nikingiz bo‘sh yoki band ekanligini tekshirish imkonini beradi.
namechk.com sayti sizga nikingiz bo‘sh yoki band ekanligini tekshirish imkonini beradi.
Ma‘lumki, internetda bir qancha onlayn-jamoalar mavjud. Bular qatoriga o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida keng tarqalgan “facebook”, “twitter”, “livejournal”, “Youtube” kabi ijtimoiy tarmoqlar ham kiradi.

Siz qaysidir bir ijtimoiy tarmoqda yoki onlayn-jamoada ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganingizda, o‘z sevimli nikingiz (nik – ijtimoiy tarmoq yoki onlayn jamoada ro‘yxatdan o’tayotganda kiritiladigan ism) egallab olinganiga hech duch kelganmisiz?

Endi siz buni oldindan tekshirib olishingiz mumkin. Boshqacha aytganda, sizda onlayn jamoalarda band emasligi aniq bo’lgan niklardan birini tanlab olish imkoni mavjud. Ana shunday imkoniyatni sizga namechk.com sayti taqdim etadi.

Bu sayt Googledan boshlab Rebjagacha bo‘lgan 152 onlayn-jamoa va ijtimoiy tarmoqlarda nik/loginlarning band yoki band emasligini tekshirish imkonini beradi.
XS
SM
MD
LG