Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:40

Rossiya harbiylari Bishkekka serqatnov bo‘lib qoldi


Qirg‘izistonning Qant shahrida joylashgan Rossiya harbiy havo bazasidagi uchoqlarda mashg‘ulot o‘tkazilmoqda.
Qirg‘izistonning Qant shahrida joylashgan Rossiya harbiy havo bazasidagi uchoqlarda mashg‘ulot o‘tkazilmoqda.
Elmurod

Sentabr Qirg‘iziston va Rossiya harbiylari uchun muzokaralar oyi bo‘ldi. Bir hafta oldin qirg‘iz va rus harbiy rahbariyati Qirg‘iziston qurolli kuchlarini zamonaviy qurollar bilan ta‘minlash masalasida muzokara qilgan edi. 21-23 va 25 sentabr kunlari esa harbiy sohadagi hamkorlikka oid muzokaralar Bishkekka ko‘chadi.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatidan olingan ma‘lumotda aytilishcha, rus va qirg‘iz harbiylari asosan 1993 yilda imzolangan Rossiya harbiy ob‘ektlari borasidagi shartnomani o‘zgartirish to‘g‘risida muzokara o‘tkazmoqda.

Maqolaning audiosini eshiting:



- Bundan tashqari Qirg‘iziston janubiga qurilishi nazarda tutilayotgan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish markazi masalasi ham muhokama qilinayapti. So‘zlashuvlar kecha boshlangan. 23 sentabr kuni muzokaralar yuzasidan yakuniy protokol imzolanadi,- deb bildirishdi Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatidan.

Qirg‘izistonda Rossiyaning bitta harbiy bazasi va bir nechta harbiy markazlari bor. Bu markazlardan biri Issiqko‘ldagi torpedalarni sinovdan o‘tkazuvchi poligondir.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, Rossiya Qirg‘izistondagi harbiy ob‘ektalari uchun yiliga 4, 5 million dollar ijara haqqi to‘laydi. 7 apreldan so‘ng hokimiyatga kelgan Qirg‘iziston yangi hukumati Kremldan ijara haqqi miqdorini kamida 4 barobarga ko‘paytirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari rasmiy Bishkek Rossiya ijara haqini qirg‘iz armiyasini zamonaviy qurollar bilan ta‘minlash orqali to‘lashi mumkinligini ham bildirgan.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha tahlilchilar fikricha, qirg‘iz hukumatining ijara haqi va qurol borasidagi talablari Rossiya harbiy rahbariyatini Bishkekka serqatnov qilib qo‘ygan.

Tahlilchi O‘ro‘zbek Mo‘ldaliyevning aytishicha, Rossiya tomoni Qirg‘izistonda parlament saylovlari o‘tgunga qadar amaldagi hukumat bilan shartnomalarni imzolab olishga harakat qiladi. Chunki bo‘lajak qirg‘iz parlamenti 7 apreldagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Qirg‘izistonga yordam qo‘lini deyarli cho‘zmagan, boz ustiga bu mamlakatga sotiladigan neft mahsulotlari uchun boj va soliq to‘lovini oshirgan Rossiyaga bundan ham qat‘iyroq talablarni qo‘yishi mumkin.

- Rossiyaning Qirg‘izistonga nisbatan mensimaslik munosabatiga hammamiz guvohmiz. Parlament saylangach, deputatlar Rossiya bazalarini yopishni yoki ijara haqini yanada oshirilishini talab qilishi mumkin,-dedi O‘ro‘zbek Mo‘ldaliyev.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha taniqli tadqiqotchi To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev esa Qirg‘iziston ayni paytda Rossiya bilan harbiy hamkorlikka muhtoj ekani va bu yo‘nalishda Bishkek rasmiylari Kremlga qat‘iy talablarni qo‘ya olmasligi haqida gapiradi. Uning fikricha, amaldagi hukumat ham, parlament saylovlaridan so‘ng iqtidorga keladigan hukumat ham harbiy sohada Rossiyaga qaram bo‘lib qolavyeradi.

- O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov BMT sammitida “O‘sh voqeasi o‘zbek yoki qirg‘iz tarafidan emas, Markaziy Osiyodagi, jumladan, Farg‘ona vodiysidagi vaziyatni izdan chiqarishdan manfaatdor bo‘lgan kuchlar tomonidan uyushtirilgan”, deb yana bir bor ta‘kidladi. Men bu gapda jon bor deb hisoblayman. Shuning uchun Qirg‘iziston xavfsizlikni ta‘minlash borasida Rossiya yordamiga muxtoj bo‘lib qolavyeradi, - dedi To‘qto‘g‘ul Qaqchikeyev.

Shu o‘rinda aytish joizki, Qirg‘iziston janubidagi O‘sh yoki Botken shaharlarida Rossiya harbiy bazasini tashkil etish masalasi 2009 yilda ko‘tarilgan edi. Qirg‘iziston va Rossiya prezidentlari imzolagan hujjatga binoan bu baza 2009 yilning noyabr oyida ochilishi kerak edi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston hukumati Qirg‘iziston janubida Rossiya bazasining ochilishiga norozilik bildirgan. O‘sha yili Qirg‘iziston va Rossiya munosabatlarida sovuqchilik paydo bo‘lgani munosabati bilan rus bazasi ochilmay qolgan edi.
XS
SM
MD
LG