Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:45

Rossiya elchixonasi qirg‘iz millatchiligidan xavotirda


Rossiya elchixonasi qirg‘iz millatchiligidan xavotirda
Rossiya elchixonasi qirg‘iz millatchiligidan xavotirda
Basira

Qirg‘izistondagi Rossiya elchixonasi mamlakatda millatchilik avj olayotganidan tashvish bildirdi. So‘nggi paytda siyosiy partiya rahbarlari tomonidan ham millatchilik ruhidagi chiqishlar ko‘payib borayotgani achinarli holat sifatida e‘tirof etilmoqda.

22 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qirg‘izistondagi elchixonasi so‘nggi paytlarda ayrim qirg‘iz siyosatchilarining ommaviy chiqishlarida millatchilik ruhi kuchayayotgani hamda Qirg‘izistondagi vaziyat bo‘yicha o‘zgacha fikrga ega bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, Aleksandr Knyazev va Nur Omarov kabi siyosatshunoslarga bosim o‘tkazilayotganidan tashvish bildirdi.

Maqolaning audiosini eshiting:


Mazkur bayonot Qirg‘izistondagi “Ata jurt” partiyasi lideri Qamchibek Tashiyevning “Farg‘ona.ru” agentligiga bergan intervyusidan keyin paydo bo‘ldi.

Qamchibek Tashiyev 16 sentabr kuni bergan intervyusida “Agarda rus, o‘zbek yoki turklar qirg‘izlar bilan teng ekanligini aytsa, davlat qulaydi” degan gapni aytgan edi.

Rus millati soni bo‘yicha Qirg‘izistondagi uchinchi etnik guruh (o‘zbeklar ikkinchi).
Keyinchalik Qamchibek Tashiyev uning gaplari noto‘g‘ri talqin etilganini ta‘kidlab, bayonot e‘lon qildi.

Bundan tashqari Qirg‘izistondagi ommaviy axborot vositalarida ham millatchilik ruhi bilan sug‘orilgan maqolalar chop etilishi davom etmoqda.

O‘shda chop etilayotgan “Osh shami” ("Osh oqshomi") gazetasining 18 sentabrdagi sonining birinchi betida O‘sh shahar kengashi deputati Avaz Asanovning "O‘zbeklar o‘ldirdi deb aytish kerak", degan iqtibosi keltirilgan.

Bishkekda nashr etiladigan “Alibi” gazetasining 21 sentabr kungi sonida esa “Qora Oybek Qodirjon uchun nega o‘zbek chollarini urgan?” sarlavhali maqola chop etilgan.

Bishkeklik siyosatshunos Aleksandr Knyazev qirg‘iz hukumati tomonidan mamlakat janubidagi zo‘ravonliklarni tekshirish uchun tuzilgan milliy komisiya a‘zolaridan biri edi. Shu yilning avgust oyida ushbu komisssiyadan chetlashtirilgan Knyazev fikricha, Qirg‘izistonda millatchilik milliy shovinizmning eng so‘nggi – agressiv tusiga kirmoqda.

- Menimcha, bu Qirg‘iziston va umuman millatchilikning egasiga aylangan qirg‘iz etnosining bugungi kundagi katta muammosi. Qirg‘izistonda bir necha yildan buyon qiyin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hukm surmoqda. Jamiyatdagi mana shu muammolar siyosatchilar tomonidan millatchilik oqimiga yo‘naltirilmoqda. Qirg‘iz siyosiy elitasi titul millat tushunchasini siyosatining asosiga oldi. Bu vaziyat saqlanib qolmoqda va qirg‘iz etnosi vakillarini bu noto‘g‘ri yo‘l ekaniga ishontirish qiyin,- deydi Aleksandr Knyazev.

Siyosatshunos millatchilik ruhi nafaqat “Ata jurt” partiyasi lideri Qamchibek Tashiyev, balki O‘sh shahar meri Melis Mirzaqmatov, bosh vazir o‘rinbosari Azimbek Beknazarovlarning ham chiqishlarida yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi, deya qo‘shimcha qiladi.

Qirg‘iziston ombudsmeni Tursunbek Akun siyosiy partiya liderlarining millatchilik chiqishlarini qoraladi.

- Bu to‘g‘ri yo‘l emas. Ayrim siyosatchilar populizmga berilib shunday qilishmoqda. Shuning uchun men Roza O‘tunbayeva bilan uchrashganimda millatchilikka yo‘l bermaslik kerakligini aytganman.O‘zimizning shaxsiy manfaatimiz uchun mamlakatimizni qurbon qilmasligimiz kerak,- deydi Qirg‘iziston Ombudsmeni Tursunbek Akun

Qirg‘izistonlik huquqshunos Nurbek Toqtaqunov fikricha, bugun Qirg‘izistonda millatchilik vatanparvarlik o‘rnini egallagan.

- Barchasi vatanparvar bo‘lib ketdi. Bu to‘polon ortida mulkni qayta taqsimlash ketayapti. Kimdir “vatanparvarlik”, “millatchilik” deya o‘z muammosini hal qilib olmoqda. Agarda shunchalar vatanparvar bo‘lsalar, mamlakat mulki kimning qo‘liga o‘tib ketayotganini ketayotganini nazorat qilmaydilarmi?- deya savol qo‘yadi qirg‘izistonlik huquqshunos Nurbek Toqtaqunov.

Qirg‘izistondagi millatchilik O‘sh qirg‘inidan so‘ng ko‘zga tashlana boshladi. O‘sh qirg‘ini payti shahardagi qirg‘iz nomi yozilgan uylar va do‘konlar talon-taroj qilinmagan edi. O‘zbeklarga tegishli maskanlar esa talon-taroj qilinib, yoqib yuborilgan edi.
XS
SM
MD
LG