Линклар

Isroil harbiylari may oyi oxirlarida G‘azo mintaqasi qirg‘oqlarida o‘tkazgan amaliyot chog‘ida xalqaro insonparvarlik hamda inson huquqlari me‘yorlarini qo‘pol tarzda buzgan.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarafidan tuzilgan maxsus komissiya bu haqdagi xulosasini chorshanba kuni e‘lon qildi.

Komissiya a‘zolari fikricha, G‘azo mintaqasiga insonparvarlik yordamlarini yetkazish maqsadini ko‘zlagan "Ozodlik flotiliya"sidagi faollarga nisbatan Isroil nomutanosib kuch qo‘llagan.

Isroil harbiylari ko‘mak ortilgan olti kemani qo‘lga olish payti yuz bergan to‘qnashuvda "Ozodlik flotiliyasi"ning asosan Turkiya fuqarolari bo‘lgan to‘qqiz faoli o‘ldirilgan edi.

Isroil tomoni G‘azo qirg‘oqlarida o‘rnatilgan qamalni yorib o‘tishga uringan kemalarni ishg‘ol qilib, qo‘lga olishdan boshqa chorasi bo‘lmaganini aytgan.
XS
SM
MD
LG